Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Xorazmda aloqa liniyasiga shikast yetkazgan fuqaroga ma’muriy chora ko‘rildi

Sana: 04.05.2021

489

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida 2021-yilning 17-aprel kuni kuni fuqaro S.J tomonidan o‘ziga ajratilgan tomorqa yerida traktor texnikasi yordamida yer qazish va ishlov berish ishlarini olib borayotgan vaqtda ehtiyotsizlik oqibatida “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialining Qo‘shko‘pir-Xiva tumanlararo bog‘lovchi zonaichi shisha tolali aloqa liniyasiga shikast yetkazilgan.

Ushbu aloqa tarmog‘i zaxiralanganligi sababli aloqa xizmatlarida to‘xtalishlar va uzilishlar kuzatilmagan.

Holat yuzasidan O‘zkomnazoratning Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan o‘z vakolati doirasida huquqbuzar S.J.ga nisbatan “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari”ga rioya qilmagani uchun O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 154 moddasi 1 qismiga (Aloqa yo‘llari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish) asosan ma’muriy ish ko‘rib chiqlib, ma’muriy jarima tayinlandi hamda fuqaroga kelgusida aloqa yo‘llari va inshootlarini muhofaza qilish yuzasidan profilaktik tushuntirishlar berildi.