Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Sana: 12.02.2021

1064

Joriy yilning 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekomunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasida Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda markaziy apparat bo‘limlari hamda videokonferensaloqa orqali hududiy inspeksiyalar xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, insoniyat tafakkuri, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni muhim ekanligini ta’kidlandi. Shoh va shoirning hayoti va ijodi, o‘lmas asarlari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda inspeksiya xodimlari tomonidan “Bobur” videofilmidagi epizodlar asosida tayyorlangan qiziqarli sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Hududiy inspeksiyalar xodimlari shoirning hayoti, u qoldirgan adabiy meros namunalari haqida onlayn tarzda ma’lumotlar berishdi.