Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2020

Sohalar

Qashqadaryo hududiy inspeksiyasi tomonidan 2020 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar xususida

Sana: 14.07.2020

879

Murojaatlarning barchasi hududiy inspeksiya tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganilib, murojaatchilarga javob xatlari yuborilgan.

2020-yilning birinchi yarim yilligi davomida O‘zkomnazoratning Qashqadaryo viloyati hududiy inspeksiyasiga jami 739 ta murojaat kelib tushgan, ular yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilib chiqilganda mahalliy telefon aloqasi xizmatining sifati bo‘yicha 38 ta, internet xizmatlari 141 ta, pochta aloqasi va davriy matbuot nashrlarini yetkazib berish bo‘yicha 18 ta, mobil aloqa xizmatlari masalasida 523 ta, teleradio xizmatlari bo‘yicha 17 ta va hududiy inspeksiya vakolatiga kirmaydigan masalada 2 ta murojaat ro‘yxatga olingani ma’lum bo‘ldi.

2020-yilning birinchi yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarning 30 tasi korxona aybi bilan kelib chiqqan deb topilgan. Murojaatlar o‘rganilganda fuqarolarga sifatli xizmatlar ko‘rsatilmagani aniqlanganida murojaatni kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga va xodimlariga belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Masalan, 4 ta holatda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 153-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi yuzasidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqilib ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun tuman va shahar ma’muriy sudlariga yuborildi.

10 ta holatda xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlariga hamda hodimlargi xayfsan jazosi qo‘llanilgan, 3 ta xolatda xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlariga hamda hodimlariga jarima jazosi qo‘llanilgan, 2 ta holatda billing tizimida kelib chiqqan texnik nosozlik tufayli abonentlar hisobidan to‘lovlar noto‘g‘ri yechib olinganligi aniqlanib, yechib olingan summa mijoz hisobiga qaytarildi.

Qashqadaryo viloyat hududiy hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyat hududidagi 1279 ta aholi yashash maskanlarida aloqa qamrovi o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida 2020 yil 1 iyul holatida viloyat hududidagi 68 ta aholi yashash maskanlarida qamrov umuman yo‘qligi, 122 ta aholi yashash maskanlarida 2G, 676 ta aholi yashash maskanlarida 3G, 1115 ta aholi yashash maskanlarida 4G qamrovi bilan qamrab olinmaganligi aniqlandi.

Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolarga sifatli telekommunikatsiya hamda mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatilishini ta’minlash va iste’molchilar talabini qondirish maqsadida soha korxonalari bilan birga 2020 yilning birinchi yarim yilligida 121 ta mobil aloqa tayanch baza stansiyalari hamda optik tolali aloqa liniyalarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishlarida qatnashildi.