Sayt sinov tarzda ishlamoqda

Axborot xizmati

2021

Sohalar

Ijro intizomiga rioya etish, murojaatlar bilan ishlash va boshqa yo‘nalishlarda ahamiyat berish zarur bo‘lgan jihatlar tahlil qilindi

Sana: 15.09.2021

318

2021-yil 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasida videokonferensaloqa tizimi orqali markaziy apparat boshqarma, bo‘lim va guruhlari, Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi rahbar hamda mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida» 2021 yil 8 iyuldagi qarori mazmun-mohiyati, «E-ma’muriy ish» – yagona axborot tizimida ishlash tartibi, O‘zkomnazoratda ijro intizomiga rioya etish, murojaatlar bilan ishlash holati, joylarda aholi vakillari ishtirokida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar natijadorligi yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Mazkur yo‘nalishlarda takomillashtirish zarur bo‘lgan muhim jihatlar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masalalar yechimi tahlil qilindi. O‘zkomnazorat boshlig‘i tomonidan mutasaddilar, rahbarlar va mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.