Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Namangan, Andijon va Farg’ona viloyatlari aholisi diqqatiga!

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, sohada mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig’i tomonidan tegishli hududdagi aloqa korхonalari rahbarlari ishtirokida 2017 yil 15 avgust kuni Namangan viloyatida, 16 avgust kuni Andijon viloyatida va 17 avgust kuni Farg’ona viloyatida sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, sizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa mazkur sayyor qabullarda tashrif buyurishingiz mumkin.

Tadbirlarni o‘tkazilish muddatlari va manzillari:

2017 yil 15 avgust kuni soat 15-00 dan 17-00 gacha Namangan viloyati, Namangan shahar, Istiqlol ko‘chasi 57-uy, “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali binosida;

16 avgust kuni soat 10-00 dan 12-00 gacha Andijon viloyati, Shahrixon tumani, R.Yodgorov ko‘chasida joylashgan tuman Madaniyat bo‘limi binosida;

17 avgust kuni soat 10-00 dan 12-00 gacha Farg’ona viloyati, Mustaqillik ko‘chasi 35-uy, “O‘zbekiston pochtasi” Farg‘ona filiali binosida.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish