Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Qoraqalpog‘iston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilari diqqatiga

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi aloqa korхonalari rahbarlari ishtirokida 2017 yilning 18 may kuni Turtkul tumanida “Sayyor qabul” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, sizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa, 2017 yil 18 may kuni soat 10-00 dan 13-00 gacha quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadigan sayyor qabulga tashrif buyurishingizni so‘raymiz

Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Turtkul tumani, Turtkul ko‘chasi 55-uy, “Turtkul mahalliy televideniyesi” MCHJ imoratining 1-qavati majlislar zalida.

Ma’lumot uchun telefonlar: 224-04-36, 224-01-11.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish