Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
muloqot facebook twitter Vkontakte

Aloqa xizmati iste’molchilari diqqatiga! Inspeksiyaning rasmiy veb-saytida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” interaktiv xizmatlar sahifasi yaratildi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish, iste’molchilarga qulaylik yaratish hamda berilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash, anonim murojaatlarning kelib chiqishini oldini olish maqsadida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya)ning rasmiy veb-saytida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” sahifasi yaratildi. Ushbu interaktiv hizmat orqali aloqa sohasida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatining buzilganligi hamda iste’molchilar huquqlari poymol qilinganligi yuzasidan kelib tushgan murojaatlar qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko’rib chiqiladi hamda murojaatchiga javob yuboriladi. Murojaatingizni www.gis.uz veb-saytining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” interaktiv xizmati yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ochilgan Inspeksiya kabineti (www.my.gov.uz/ru/authority/147) orqali yo’llashingiz so’raladi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish