Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Toshkent viloyati aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari tomonidan Toshkent viloyatidagi aloqa korхonalari rahbarlarining ishtirokida 2017 yil 24 mart kuni Angren shahrida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, sizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa, 2017 yil 24 mart kuni soat 14-00 dan 16-00 gacha quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadigan sayyor qabulga tashrif buyurishingizni so‘raymiz:

Manzil: Toshkent viloyati, Angren shahar, Istiqlol ko`chasi, 2-uy Angren shahar Hokimligi majlislar zali.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish