Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Chilonzor tumani aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan Toshkent shahridagi aloqa korхonalari rahbarlarining ishtirokida 2017 yil 15 mart kuni Chilonzor tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, sizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa, 2017 yil 15 mart kuni soat 11-00 dan 13-00 gacha quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadigan sayyor qabulga tashrif buyurishingizni so‘raymiz:

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani Xamza metrosi yaqinadagi 173-sonli maktab binosi majlislar zali.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish