Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
muloqot facebook twitter Vkontakte

Qashqadaryo viloyati aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i va Qashqadaryo viloyatidagi aloqa korхonalari rahbarlari ishtirokida 2017 yil 18 yanvar kuni G'uzor tumanida sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, sizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan boshqa savollar bo‘lsa, 2017 yil 18 yanvar kuni soat 12-00 dan 13-00 gacha quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadigan sayyor qabulga tashrif buyurishingizni so‘raymiz:

Manzil: Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani Hokimiyat binosining 1-qavati.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish