Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
muloqot facebook twitter Vkontakte

Diqqat, tanlov!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi teleradioeshittirish sohasida teleradiochastotalarni taqsimlash va faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibda litsenziyalar berish uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlov o‘tkaziladigan sana: 2017 yil 17 yanvar

Buyurtmanomalar qabul qilishni boshlash sanasi: 2016 yil 21 noyabr

Buyurtmanomalar qabul qilishni tugatish sanasi: 2016 yil 20 dekabr

Tanlov o‘tkazish joyi: Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, Hukumat uyi manzilida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislar zalida.

Buyurtmanomalar qabul qilish manzili: Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, Hukumat uyi. Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi ishchi guruhi

Ma’lumot uchun telefon raqamlari: 2398457, 98 1283075

Tanlovga quyidagi radiochastota nominallari qo‘yildi:

Lot

Radiochastota nominallari

Uzatkich quvvati

Tarqatish hududi

I. Teledasturlarni tarqatish

1

12 televizion kanal (222,0-230,0 MGs)

100

Andijon shahri

2

44 televizion kanal (654,0-662,0 MGs)

1000

Andijon shahri va yaqin atroflari

3

5 televizion kanal (92,0-100,0 MGs)

100

Farg‘ona shahri

4

46 televizion kanal (670,0-678,0 MGs)

1000

Andijon shahri va yaqin atroflari

5

8 televizion kanal (190,0-198,0 MGs)

100

Jizzax shahri va yaqin atroflari

6

34 televizion kanal (574,0-582,0 MGs)

500

Jizzax shahri va yaqin atroflari

7

8 televizion kanal (190,0-198,0 MGs)

200

Urganch shahri, Cholish, Honqa, Yangiariq va Yangibozor tumanlari

II. Radiodasturlarni tarqatish

8

102,7 MGs (FM diapazon)

1300

Andijon shahri va yaqin atroflari

9

103,1 MGs (FM diapazon)

250

Buxoro shahri va yaqin atroflari

10

106,9 MGs (FM diapazon)

250

Zarafshon shahri va yaqin atroflari

11

102,5 MGs (FM diapazon)

250

Qoytosh manzili va yaqin atroflari

12

106,9 MGs (FM diapazon)

250

Dang‘ara manzili va yaqin atroflari

13

102,7 MGs (FM diapazon)

1000

Langar manzili va yaqin atroflari

14

102,7 MGs (FM diapazon)

250

Nukus shahri va yaqin atroflari

15

106,9 MGs (FM diapazon)

250

Toshkent viloyati Nurobod manzili va yaqin atroflari

16

102,7 MGs (FM diapazon)

700

Toshkent shahri va yaqin atroflari

17

102,7 MGs (FM diapazon)

250

Urganch shahri va yaqin atroflari

18

102,7 MGs (FM diapazon)

250

Uchqizil manzili va yaqin atroflari

19

104,4 MGs (FM diapazon)

10

Urganch shahri

Tanlov shartlari:

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, ta’sis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat ko‘rsatish nazarda tutilgan teleradioeshittirish sohasida tanlov asosida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyurtmanoma va lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan yuridik shaxslarning ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.

Shu bilan birga litsenziya da’vogari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun litsenziya da’vogari belgilangan tartibda buyurtmanoma taqdim etadi.

Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

yuridik shaxs davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi;

tanlov takliflari ko‘rib chiqilishi uchun litsenziya da’vogari tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdoridagi yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berish uchun davlat bojining yillik summasiga teng zakolat to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

teleradiodasturlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlar taqdim etish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);

ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni eshittirish rejalashtirilayotgan setkasini, o‘z dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini o‘z ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;

tegishli organlarning teleradioeshittirishlar ob’ektlarining sanitariya, yong‘in xavfsizligi normalari va ob’ektni qo‘riqlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;

teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli bo‘lsa (ijara shartnomasi va boshqalar).

Ilova: Hujjatlar to‘plami besh ekzemplyarda taqdim etiladi. Litsenziya olish uchun to‘lov bo‘yicha moliyaviy taklif yopiq va muhrlangan holdagi alohida konvertda taqdim etiladi.

Litsenziya talablari va shartlari:

Litsenziyat tomonidan faoliyat ko‘rsatishda quyidagi litsenziya talab va shartlari bajarilishi majburiydir:

faoliyat sohasi bӯyicha qonun hujjatlariga, davlat, soha standartlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi;

janr va mazmun jihatidan xilma-xil bӯlgan dasturlarni shakllantirish va ularning jamiyat ma’naviy extiyojlariga mosligini ta’minlash;

teleradiodasturlarni davlat tili to‘g‘risida qonun hujjatlarini inobatga olgan holda tarqatish;

qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnoma (bitimlar) mavjud bo‘lgan sharoitda xorijiy kanallar teleradio ko‘rsatuvlarni qonun hujjatlariga muvofiq;

xizmatlar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;

qonun hujjatlari talablariga muvofiq sertifikatlangan teleradio-ko‘rsatuvlarni tarqatishning texnik vositalaridan foydalanish;

telekommunikatsiya texnik vositalaridan foydalanish qoida va normalari hamda teleradioeshittirish ob’ektlarining sanitariya, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash va xavfsizlik rejimini ta’minlash talablarini, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa litsenziya talab va shartlarining bajarilishi.

Bank hisob raqamlari:>

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4 uy

Telefon: +99871 238-4107; +99871 238-4123

Faks: +99871 239-8782

G‘aznachilikdagi to‘lov rekvizitlari:

Mablag‘ oluvchi: O‘zRes Moliya Vazirligi G‘aznachiligi

G‘aznachilikning STIRi: 201 122 919

G‘aznachilikning hisob-raqami: 23402 000 300 100 001 010

Banki O‘zR XXKM MB Toshkent shahrida, bank kodi 00 014

G‘aznachilikdagi shaxsiy hisob-varaqlari:

ShHV 4014 1086 0262 7779 5010 0078 001 (zakolat to‘lovi uchun)>>

ShXV 4001 1086 0262 7779 5010 0078 001 (tanlov takliflari qo‘rib chiqish uchun)>>

STIR: 201 221 770

OKONX 97 300

OKPO 2422 6559

KFS 212

SOATO 172 62777

OPF 2100

SOOGU 03 593

Бланк организации (Tashkilot blanki (yuklab olish, Word 26 Kb)

Muallif: Axborot xizmati

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish