Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

“ITU UNISERVICES” МCHJ da tekshirish o‘tkazildi.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2016 yil 1 dekabrdagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 yilda o‘tkaziladigan tekshirish reja-jadvaliga asosan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi (Inspeksiya) tomonidan joriy yilning iyul oyida “ITU UNISERVICES” MChJda “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish vа foydalanish (texnik xizmat ko‘rsatish)” bo‘yicha lisenziya faoliyati tekshirildi.

Tekshirish jarayonida korxonada Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mavjudligi, standartlar, texnik reglamentlar, litsenziya kelishuvi shartlarining bajarilishi shuningdek Inspeksiya vakolati doirasida boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshirish natijalari yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Aniqlangan kamchiliklarning ayrimlarini xo‘jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan tekshirish o‘tkazilayotgan davrning o‘zida bartaraf etish imkoniyati yaratildi va kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam berildi hamda qolgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli ko‘rsatma berildi. Ko‘rsatmaning bajarilishi Inspeksiya tomonidan nazoratga olindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish