Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

WannaCrypt virusining hujumi.

Joriy yilning 12 may kuni butun dunyo bo‘ylab tovlamachi-virus tarqaldi – u kompyuterni bloklab qo‘yib, blokni yechish uchun foydalanuvchidan to‘lov talab qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon bo‘ylab bir necha o‘n ming kompyuter zararlangan, ular orasida O‘zbekiston hududida bo‘lgan qurilmalar ham bor.

WannaCrypt virusining tarqalishi 12 may kuni kunduzi boshlandi. Birinchilardan bo‘lib Ispaniya hujumga uchradi. U yerda mamlakatning eng yirik telekommunikatsiya shirkatlaridan biri “Telefonica” virus qurbonlariga aylandi. Buyuk Britaniyada esa xakerlar sog‘liqni saqlash tizimi kompyuterlariga hujum qildi. Jahon bo‘ylab bir necha o‘n ming kompyuter zararlandi.

Virus bilan butun Yevropa, Xitoy, Lotin Amerikasi, xususan, O‘zbekistondagi kompyuter foydalanuvchilari hujumga uchraganliklari aniqlandi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish