Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Surxondaryo viloyatida mobil aloqa operatorlari tomonidan qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlari foydalanishga qabul qilindi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishlariga asosan, Inspeksiyaning Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan joriy yilning may oyi davomida Surxondaryo viloyati hududidagi mobil aloqa operatorlarining qurilishi tugallangan aloqa ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etildi. Topshirilgan hujjatlar to‘plamini tahlil qilish hamda joyiga chiqib o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, vakolatli organlarning xulosalariga asosan jami 18 ta ob’ekt foydalanishga qabul qilindi.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan shu kabi telekommunikatsiya ob’ektlarini ishga tushirilishi iste’molchilarga sifatli aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bir qatorda qulayliklar va yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish