Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Tadbirkorlar qonun himoyasida!!!

Davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganligi bo‘yicha hozirda yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish hamda ularga yo‘l qo‘ymasligiga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Misol tariqasida, “RIGHT ACCOUNTING” MCHJ rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi”ga yo‘llagan murojaatini ko‘rib chiqish jarayonida uning tadbirkorlik huquqlari tiklanganligini keltirish mumkin. Joriy yilning 3 aprel kuni “RIGHT ACCOUNTING” MCHJ rahbari “O‘zbektelekom” AK “Uzonline” savdo belgisi ostida ko‘rsatilayotgan internet xizmatlaridan foydalanish jarayonida 1,689,969 so‘m miqdorda yuzaga kelgan qarzdorlikdan norozi bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi”ga yo‘llagan murojaati Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya)ning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasiga kelib tushgan.

O‘rganish jarayonida Inspeksiyaning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan mazkur qarzdorlik foydalanuvchi (“RIGHT ACCOUNTING” MCHJ)ning Internet trafigi tugagan taqdirda Internet xizmatini o‘chirish yuzasidan bergan arizasiga qaramay Internet trafigi belgilangan limitidan oshib ketganda ham Internet xizmati taqdim etilishi davom ettirilganligi hisobiga yuzaga kelganligi aniqlandi. Shu bilan ushbu qarzdorlik nohaq deb topildi va u bekor qilindi.

Joriy yilning 12 aprel kuni “RIGHT ACCOUNTING” MCHJ rahbari Inspeksiyaning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hodimlari tomonidan alohida mas’uliyat bilan yondashib murojaatidagi masalasini ijobiy hal etilganligini e’tirof etib Inspeksiyaga minnatdorchilik xati taqdim etgan.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari diqqati uchun quyidagilarni ma’lum qilamiz: agarda Sizda ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifati yuzasidan muammolar va/yoki axborot kommunikatsiya va texnologiyalari sohasida faoliyat yuritish yuzasidan savollar paydo bo‘lsa to‘g‘ridan to‘g‘ri Inspeksiyaning (371) 237-01-11 ishonch telefoniga va/yoki Inspeksiya boshlig‘ining virtual qabulxonasiga www.gis.uz/qabulxona/?lang=oz murojaat qilishingiz mumkin. Inspeksiya mutaxassislari sohaga tegishli bo‘lgan muammolaringizni hal qilishda Sizga kerakli amaliy va uslubiy yordam berishga tayyordirlar.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish