Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Surxondaryo viloyatida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2017 yilning birinchi yarim yilligida “Sayyor qabullar jadvali”ga asosan Inspeksiya boshlig‘i F.Umarhodjaev tomonidan 2017 yil 18 aprel kuni Surxondaryo viloyatidagi aloqa korxonalari raxbarlari ishtirokida Surxondaryo viloyati Denov tumanida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul tadbirida 150 nafar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etdilar.

F.Umarxodjaev sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlariga oid va ularni qiziqtirgan boshqa savollari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berdi va tushgan murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishini, shuningdek Inspeksiyaning Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan viloyatning tegishli aloqa korxonalari bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, murojaatlardagi masalalar ijobiy hal etilishini va murojaatchilarga javob xatlari yo‘llanishini ma’lum qildi.Inspeksiya rahbariyati tomonidan shu kabi o‘tkazilayotgan tadbirlar murojaatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan masalalarning joyida ijobiy hal qilinishini ta’minlayapti hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi korxona, tashkilot va idoralar tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining sezilarli darajada yaxshilashga imkon bermoqda.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish