Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
muloqot facebook twitter Vkontakte

“O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filialining ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi tarkibida ishtirok etildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasining qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan Inspektsiyaning Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan joriy yilning mart oyida “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filialining 10 ta qurilishi tugallangan ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etildi.

Qurilishi tugallangan ob’ektlar bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar taqdim etildi.

Ushbu kamchiliklar bartaraf qilinib, “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filialining ob’ektlari doimiy foydalanishga qabul qilindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish