Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Inspeksiya jamoasi umumxalq xayriya hasharida munosib ishtirok etdilar

2017 yil 11 mart kuni mamlakatimizning barcha hududlarida Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bayramoldi umumxalq xayriya hashari tashkil etildi. Yurtimiz bo‘ylab shahar va qishloqlarda, idoralar va o‘quv muassasalarida, mahallalarda, korxona va tashkilotlar atrofida tozalash, obodonchilik ishlari olib borildi.

Shular qatorida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining xodimlari tomonidan Inspeksiyaning markaziy binosi va joylardagi hududiy bo‘linmalari hududlarida xayriya hashari o‘tkazildi.

Hasharda Inspeksiyaning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalaridan 200 nafarga yaqin xodimlar ishtirok etib, yurtimiz obodonchiligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish