Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
muloqot facebook twitter Vkontakte

“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasida o‘rganish o‘tkazildi

Аloqа, ахbоrоtlаshtirish vа tеlеkоmmunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan joriy yil dekabr oyida “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi (Kompaniya)da axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish va rivojlantirish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Shuningdek, 2016 yil 28 dekabrda Inspeksiya tomonidan Kompaniyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi PF- 4609- son farmoni mazmuni va mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminarda Kompaniya xodimlariga farmonda belgilangan ustuvor vazifalar haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir yakunida, barcha ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilinib, Kompaniya vakillari bergan savollarga Inspeksiya xodimlari tomonidan javob berildi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish