Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Inspeksiyaning Fargona viloyati hududiy bo’linmasi tomonidan “RAH-SHAH” xususiy firmasining aloqa va axborotlashtirish sohasidagi faoliyati tekshirildi.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2015 yil 7 dekabrdagi 01- son qarori bilan tasdiqlangan 2016 yil tekshirishlar reja-jadvali va Inspeksiyaning tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilning dekabr oyida “RAH-SHAH” xususiy firmasining aloqa va axborotlashtirish sohasidagi faoliyati tekshirildi.

O‘tkazilgan tekshirish jarayonida xususiy firma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlari, davlat standartlari hamda lisenziya kelishuvi shartlari talablarini bajarilishi, qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, radioelektron vositalarga loyihalashtirish, qurish va foydalanish uchun beriladigan tegishli ruxsatnomalarning mavjudligi, texnik vositalarning holati va ularga muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi, metrologik ta’minotning yo‘lga qo‘yilganligi hamda vakolat doirasidagi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

О‘tkazilgan rejali tekshirish natijasi dalolatnoma bilan rasmiylashtirildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xususiy firmaga tegishli ko‘rsatma berilib, bajarilishi nazoratga olindi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish