Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

O‘zbekiston Kiberxavfsizlik bo‘yicha global reytingda top 100 ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI) tomonidan chop etilgan global kiberxavfsizlik indeksi (GKI) yillik reytingida 93-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston yangi reytingda 0,277 ball va Iordaniya bilan 93-o‘rinni bo‘lishib oldi. MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston 9-o‘rinni egallab turibdi.

Global kiberxavfsizlik indeksi (GКI) - ABI Research va Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (ХEI) tomonidan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha bo‘lib bu mustaqil davlatlarning kiberxavfsizlik sohasida ishtiroki darajasini baholash imkonini beradi.

Global kiberxavfsizlik indeksi (GKI) va Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI) hamkorligi asosida tuzilgan dastur besh yo‘nalish bo‘yicha majburiyatlar darajasini baholaydi. Bular: huquqiy, texnik, tashkiliy choralar, salohiyatni rivojlantirish va xalqaro hamkorlik.

To'liqroq ma'lumot bilan quyida keltirilgan havola orqali tanishishingiz mumkin.

https://www.itu.int/dms_pub/itu-d/opb/str/D-STR-GCI.01-2017-PDF-E.pdf

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish