Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
muloqot facebook twitter Vkontakte

Kommunal xo'jalik va uy-joy fondi portali - e-kommunal.uz yanada qulaylashdi

O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining bergan ma’lumotiga ko’ra, e-kommunal.uz kommunal xo'jalik va uy-joy fondi portali yangi interfeys hamda zamonaviy talablarni inobatga olgan holda yanada qulay xususiyatlar bilan boyitildi.

To'rt yil mobaynida e-kommunal.uz yangi jihatlar bilan boyitilib, zamonaviy xizmatlar, ma'lumot olish qamrovi kengaydi, foydalanishga qulay ko'rinishga keltirildi.

Shu bilan birga, foydalanuvchi o'zining shaxsiy kabinetida hisob raqamini ko'rsatgan holda, o'zining biror xizmatdagi balansini tekshirib ko'rishi, qarzdorlik bor-yo'qligini bilishi, xizmatlar uchun mobil to'lovlarni amalga oshirishi mumkin bo'ldi. Yana bir ahamiyatli jihati - to'lov amalga oshirilganligi to'g'risidagi kvitansiyalar foydalanuvchining shaxsiy kabinetida saqlab qo'yiladi. Foydalanuvchi ularni chop etishi yoki elektron qurilmasiga saqlab qo'yishi mumkin.

Biror xizmat uchun to'lov miqdorini bilmagan taqdirda, foydalanuvchi narxni joriy holatga ko'ra baholaydigan onlayn hisoblagichdan foydalanishi mumkin. Foydalanuvchiga tezkorlik bilan xizmat ko'rsatish maqsadida, portalda kommunal xizmatlarga oid barcha axborot va aloqa ma'lumotlari jam qilingan.

Manba: http://ccitt.uz/

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish