Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
muloqot facebook twitter Vkontakte

Mobil aloqa sohasida muammolarning innovatsion yechimi

Mobil aloqa operatorlari tomonidan ko‘rsatiladigan mobil aloqa xizmatlari sifatini oshirish maqsadida qo‘shimcha tayanch stansiya o‘rnatish imkoni bo‘lmagan aholi zich joylashgan punktlar va hududlar (bozorlar, ko‘ngilochar savdo va biznes markazlar)da, binolarning arxitekturasidan kelib chiqib, bino devorlarida, shiftlarida kam quvvatli tayanch stansiyalar hamda repitorlarni o‘rnatish orqali innovatsion usullar faol amalga oshirilmoqda. 

Misol tariqasida, “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali tomonidan Toshkent shahridagi “Samarqand darvoza” va “Parus” savdo ko‘ngilochar markazlarida “Lamp Site”texnologiyalari asosidagi uskunalar ishga tushirildi. 

“Lamp Site” – bu mavjud stansiyalar kontrolleriga ulangan tayanch stansiyasi bo‘lib, bino ichidagi tarmoqni makrotarmoq ya’ni, bino tashqarisidagi mavjud tarmoq bilan hamkorlikda ishlash imkonini ta’minlaydi. 

Mazkur innovatsion yechim ichki antennali radiobloklardan iborat bo‘lib, hajmining kichikligi qurilmani binoning shift yoki devor qismiga bino dizayni va ichki intererini buzmagan holda yoritish lampasi yoki datchik ko‘rinishida o‘rnatish imkonini beradi.

Yangiliklar ro'yxatiga qaytish