Languages

“O‘zkomnazorat” DI rasmiy bayonoti

Hurmatli aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari iste’molchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining 61-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgani sababli “O‘zkomnazorat” DIda fuqarolarning shaxsiy va sayyor qabullari bekor qilinadi.

Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularni o‘rganish bo‘yicha tadbirlar masofadan turib ya’ni joyiga chiqmasdan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun 2 oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi mazkur hukumat qarori bilan belgilab qo‘yilgan. Noqonuniy ravishda o‘chirib qo‘yish holatlari kuzatilganda quyidagi rasmiy manzillarga murojaat qilish so‘raladi:

1. “O‘zkomnazorat” DI Call-markazi 1144 qisqa raqami;

2. Info@gis.uz elektron pochta manzili.

3. Feysbukdagi rasmiy sahifa: https://www.facebook.com/uzkomnazorat/

Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlar bizning quyidagi internet tarmog‘idagi rasmiy sahifa va kanallarimizda berib boriladi:

1. Veb-sayt: www.gis.uz

2. Telegram kanal: https://t.me/gisuz

Uzbek

Inspeksiya yangiliklari

Karantin vaqtida foydalanuvchilarning Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi faollashuvi...

Karantin sharoitida ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning ko‘payganidan foydalanib qolayotgan...

Butun dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi karantin e’lon qilingani tufayli xorij OAVning qayd...

Soha yangiliklari

Xorazm viloyatining bir qator olis aholi yashash maskanlarida raqamli televideniye faqat...

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

E'lonlar

“O‘zkomnazorat” DI “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlari modernizatsiya qilinishi tufayli 1-...

“O‘zkomnazorat” DI Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Unitel” MChJ kommutatsion markazi...

“O‘zkomnazorat” DI Xorazm viloyati Urganch shahrida “Unitel” MChJ kommutatsion markazi modernizatsiya...