Languages

  • Eng
  • Рус
  • Uzb

Toshkent viloyati Zangiota tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Uzbek

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Toshkent viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan 2019-yil 28-avgust kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Savol, mulohaza va takliflarga boy o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlari vakillari hamda tumanda istiqomat qilayotgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Toshkent viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan sayyor qabul ishtirokchilariga sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.

Uchrashuvda tadbirkorlik subyektlari vakillarining o‘z sohalari bilan bog‘liq taklif va mulohozalari tinglandi. Shuningdek, sayyor qabulda internet xizmatlari bo‘yicha 2 tа va mobil aloqa xizmati bo‘yicha 1 tа murojaat qabul qilinib, mas’ul xodimlar tomonidan joyida tegishliligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv so‘ngida Toshkent viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida aniqlash va tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish masalalari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari vakillariga tegishli tavsiyalar berildi.

Inspeksiya yangiliklari

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste'molchilarining...

Joriy yilning 23-avgust kuni Buxoro viloyati Jondor tuman hokimligining majlislar zalida O‘...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar...

E'lonlar

21.08.2019-yil soat 00:00 dan 06:00 gacha texnik ishlar olib borilishi sababli Termiz shahrida...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan 2019-yil 20 – 21-avgust kunlari soat 00:00...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan billing va tarmoq infratuzilmalarida...