Languages

ElasticSearch himoyalanmagan bazasi Honda ichki tarmog‘ining axborotlarini oshkor qilgan

Uzbek

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar bazasida oshkor etilgan. Oshkor bo‘lgan ma’lumotlar ichida kompaniya bosh direktori va xodimlar kompyuterlarida saqlangan texnik axborotlar ham bor.

Cloudflare xavfsizlik kompaniyasi tadqiqotchisi Jastin Peynning so‘zlariga ko‘ra, ma’lumotlar bazasi 1-iyuldan boshlab barcha e’tibori uchun ochiq bo‘lgan. Peyn uni Shodan qidiruv tizimi orqali uch kundan keyin ya’ni 4-iyulda topib olgan.

Mutaxassisning bildirishicha, bazadagi ma’lumotlar mazmuni ichki tarmoq va Honda kompyuterlari haqida. Xususan, bazada korporatsiyadagi kompyuterlarning ro‘yxati bor.

Obro‘sizlantirilgan ma’lumotlarni o‘rganib, kompyuterning nomi, MAC-adresi, ichki IP, operatsion tizim versiyasi, o‘rnatilgan patchlar va himoya dasturlarining holati bo‘yicha axborotlarni bilib olish mumkin edi.

Bazaning hajmi taxminan 40 Gb bo‘lib, unda 2019-yil 13-martdan buyon ya’ni uch yarim oy davomida to‘plangan ma’lumotlar bo‘lgan. Xatto bosh direktor noutbukidagi axborot: to‘liq nomi, elektron pochta manzili, akkaunt nomi, akkaunt raqami va tizimga so‘nggi bora kirilgan sana ham bazaga jamlangani diqqatga sazovor.

Honda Peynga bazadagi ochiq ma’lumotlar haqida berilgan xabar uchun minnatdorchilik bildirdi va ularni oshkor etilishida aybdor bo‘lgan, sovuqqonlik qilgan mas’ul xodimlarni aniqlash bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilishini ma’lum qildi. Ayni vaqtda bazaga kirish yo‘li yopib qo‘yilgan.

Inspeksiya yangiliklari

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste'molchilarining...

Joriy yilning 23-avgust kuni Buxoro viloyati Jondor tuman hokimligining majlislar zalida O‘...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar...

E'lonlar

21.08.2019-yil soat 00:00 dan 06:00 gacha texnik ishlar olib borilishi sababli Termiz shahrida...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan 2019-yil 20 – 21-avgust kunlari soat 00:00...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan billing va tarmoq infratuzilmalarida...