Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
muloqot facebook twitter Vkontakte

Tez-tez beriladigan savollar

«Internet kafe» faoliyatini amalga oshirish uchun qanday litsenziya talab etiladi? Agar talab etilsa kim tomonidan beriladi va litsenziya olish tartibiqanday?

«Internet kafe» faoliyatini amalga oshirish uchun «O‘z tarmog’ini tashkil etish huquqisiz ma’lumotlar uzatish tarmog’i xizmatlarini ko‘rsatish» faoliyat turiga litsenziya olinishi talab etiladi. Mazkur litsenziya O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi tomonidan beriladi.

Litsenziya berish tartibi bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishi bolishingiz mumkin http://www.gis.uz/uz/licensing/docs/.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 6 fevralda 1900-son bilan ro‘yxatga olingan “Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish Qoidalari”ga muvofiq

Abonent quyidagi huquqlarga ega:

a) amaldagi tariflarga, xizmatlar tavsifi va xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablarga, shuningdek operator tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlarga muvofiq shartnomada ko‘zda tutilgan mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish;

b) operatordan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnomada belgilangan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;

v) operator axborot-ma’lumot xizmatining xizmatlaridan foydalanish;

g) barcha amalga oshirilgan ulanishlarning sanasi va vaqti, ularning davomiyligi va abonent raqamlarini ko‘rsatgan holda, operator tomonidan belgilangan tartib va shartlarda barcha xizmat turlari bo‘yicha batafsil hisobni bepul olish;

d) ushbu Qoidalarning talablari va shartnoma shartlariga rioya qilgan holda, shuningdek muayyan hududda (aeroport, samolyot, antenna maydoni va boshqalar) amal qiladigan alohida qoidalarni hamda to‘sqinlik qilishi yoki xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda (tibbiyot muassasalari, yoqilg‘ini saqlash va qayta yuklash hududi, portlash ishlarini o‘tkazish joylarida va boshqalar) cheklanishlarni hisobga olgan holda, istalgan abonent qurilmasidan foydalanish;

ye) favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirishda, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan hollarda mobil aloqa xizmatlaridan bepul foydalanish;

j) unga roziligisiz taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lovini to‘lashni rad etish;

z) operator tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar bo‘yicha takliflar va e’tirozlar bilan operatorga murojaat etish;

i) operator aybi bilan ko‘rilgan zararlarning qoplanishini talab qilish;

k) operator xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatish;

l) shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda operator bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish;

m) operator shartnomani bajarmasa yoki xizmatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatda ko‘rsatilmasligi aniq bo‘lsa, shartnomani bajarishdan bosh tortish va zararlarni qoplashni talab qilish;

n) operator tomonidan, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining yomonlashishiga olib keladigan darajada shartnoma shartlaridan jiddiy chetga chiqishga yo‘l qo‘yilgan yoki boshqa jiddiy kamchiliklar yuzaga kelgan hollarda, o‘z xohshiga ko‘ra: kamchiliklarni bepul bartaraf etish, ko‘rsatilgan xizmatlar narxini mos ravishda kamaytirish, takroran xizmatlarni ko‘rsatish, keltirilgan zararlarni to‘liq qoplagan holda shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin.

Abonent qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.

Abonent quyidagilarga majbur:

a) ushbu Qoidalarga rioya qilish;

b) shartnoma shartlarini bajarish;

v) operatorga SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartalardan foydalanish ko‘zda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun) yo‘qolganligi to‘g‘risida zudlik bilan xabar berish. Abonent tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan hollarda, u yo‘qotilgan SIM-karta yoki abonent qurilmasidan (SIM-kartadan foydalanish ko‘zda tutilmagan Mobil aloqa standartlari uchun) foydalangan holda olingan operator tomonidan ko‘rsatilgan mobil aloqa xizmatlariga to‘lov bo‘yicha, operator abonentning ularning yo‘qolganligi va xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatish istagi to‘g‘risidagi arizasini olgan kunigacha majburiyatga ega, agar abonent uchun qulay bo‘lgan xabar qilishning boshqa usuli operator tomonidan ko‘zda tutilmagan bo‘lsa;

g) ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni o‘z vaqtida to‘lash;

d) 30 kun davomida operatorga ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi - jismoniy shaxs uchun, nomi (firma nomi), joylashgan yeri - yuridik shaxs uchun) o‘zgarganligi to‘g‘risida xabar berish.

Abonent qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Operator quyidagi huquqlarga ega:

a) abonentlarga xizmatlar ko‘rsatish;

b) abonent tomonidan shartnoma shartlari buzilgan hollarda xizmatlarni to‘xtatish;

v) mobil aloqa tarmog‘ida xabarlarni uzatishda xavfsizlikni ta’minlash va tarmoq abonentlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tegishli sifatini ta’minlash maqsadida, normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishining to‘xtatilishi nazarda tutilgan texnik tadbirlarni o‘tkazish;

g) abonentning aybi bilan ko‘rilgan moddiy zarar qoplanishini talab qilish.

Operator qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.

Operator quyidagilarga majbur:

a) o‘z faoliyatini normativ-huquqiy hujjatlariga va mazkur Qoidalarga hamda mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirish;

b) xizmat ko‘rsatish zonasida mobil aloqa tarmog‘ining ishini foydalanilayotgan standartning texnik normalariga muvofiq ta’minlash;

v) Mobil aloqa xizmatlarini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatilishni ta’minlash;

g) ko‘rsatilgan xizmatlarning kamchiliklarini shartnomada yoki qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda bartaraf etish;

d) shartnomada belgilangan muddatlarda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblarni berish, ularni abonentlarga shartnomada ko‘rsatilgan usul bilan taqdim etish, abonentlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;

ye) abonentdan to‘lov olingandan keyin, abonentga mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishini tiklash;

j) abonentning talabi bo‘yicha abonent shaxsiy hisobvarag‘idagi o‘zaro hisob-kitoblarning joriy holati to‘g‘risidagi batafsil axborotni taqdim etish;

z) mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi to‘xtagan hollarda, abonent tomonidan operatorning aybi bilan xizmatlar ko‘rsatilmagan vaqt uchun operatorga ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab, abonent to‘lovini qayta hisoblab chiqish;

i) abonentning yozma arizasi bo‘yicha, agar abonent uchun boshqa maqbul usul operator tomonidan belgilanmagan bo‘lsa, SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartadan foydalanish ko‘zda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun) yo‘qolganda, xizmatlarning ko‘rsatilishini zudlik bilan to‘xtatish;

k) abonentlarning shikoyatlarini 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqish.

Operatorga qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklatilgan bo‘lishi mumkin.

Operator abonentlarga quyidagi axborotni taqdim etishga majbur:

a) mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati to‘g‘risida;

b) ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ro‘yxati, shuningdek ularni ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida;

v) xizmat ko‘rsatish zonasi o‘zgarganligi to‘g‘risida;

g) yangi tariflar joriy qilingunga qadar kamida 10 kun oldin xizmatlarga tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risida, agar bu o‘zgartirishlar abonent holatini yomonlashtirsa;

d) abonentlarga xizmat ko‘rsatish punktlari ish rejimi o‘zgarganligi to‘g‘risida;

ye) o‘z rekvizitlarining o‘zgarganligi to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1741- son qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasining chekka, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlariga 2016-2017 yillarda raqamli televizion uzatkichlar o‘rnatilishi belgilangan”.
“O‘zbekiston Respublikasining chekka hududlarida elektr energiyani o‘chib qolishi (avriya holatlari) natijasida ayrim markaziy teleradiokanallar aholiga sifatsiz uzatilish holatlari mavjud”.
Kabel televidenie xizmatlarini taqdim etuvchi operator provayderlar tomonidan tarqatilayotgan telesignallarni aholiga yetkazish uchun o‘rnatilgan magistral kuchaytirgichlarni elektr ta’minoti bevosita ko‘p qavatli uylardagi elektr shitlarga ulanganligi va mazkur uylarda elektr energiyani o‘chib qolishi natijasida, kabel televidenie xizmatlarini o‘chib qolish holatlari mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1741- son qaroriga asosan hozirgi kunda kabel televidenie xizmatlarini taqdim etuvchi operator provayderlar tomonidan kabel televidenie tarmog‘ini raqamli formatga takomillashtirish hamda qo‘shimcha uskunalarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli mazkur ishlar olib borilayotgan hududlarda kabel televidenie tarmog‘ida telesignallar tarqatilishi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini ularni qabul qilish joyidagi pochta aloqasi ob’ektidan ularni topshirish joyidagi pochta aloqasi ob’ektigacha jo‘natish uchun, shuningdek pochta aloqasi ob’ektlarida ularga ishlov berishdagi va elitib berish bo‘yicha ayrim amaliyotlar uchun belgilangan eng ko‘p vaqt pochta jo‘natmalarini nazorat muddatlari hisoblanadi.

Pochta jo‘natmalarining nazorat muddatlari O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

Pochta jo‘natmalari nazorat muddatlari O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining 2001 yil 22 yanvardagi 29- sonli buyrug‘i 3-ilovasiga asosan tasdiqlangan.

Yozma xat-xabarli jo‘natmalar Toshkent shahridan viloyat markazlari va Nukus shahriga to‘g‘ri va qaytish yo‘nalishda nazorat muddati 72 soat;

Avia transport orqali jo‘natiladigan posыlkalar Toshkent shahridan viloyat markazlari va Nukus shahriga to‘g‘ri va qaytish yo‘nalishda, Guliston va Jizzax shaharlaridan tashqari nazorat muddati 84 soat;

Yer usti transport orqali jo‘natiladigan posыlkalar Toshkent shahridan Guliston va Jizzax shaharlariga to‘g‘ri va qaytish yo‘nalishda nazorat muddati 96 soat;

Yer usti transport orqali jo‘natiladigan posыlkalar Toshkent shahridan Andijon, Buxoro, Qarshi, Namangan, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona shaharlariga to‘g‘ri va qaytish yo‘nalishda nazorat muddati 120 soat;

Yer usti transport orqali jo‘natiladigan posыlkalar Toshkent shahridan Nukus, Termez, Urgench shaharlariga to‘g‘ri va qaytish yo‘nalishda nazorat muddati 144 soat;

Yozma xat-xabarli jo‘natmalari Viloyat markazidan viloyat ichida boshqa aholi yashash punktigacha nazorat muddati 96 soat;

Toshkent shahri bo‘yicha posыlkalar nazorat muddatlari 48 soat;

Toshkent shahri bo‘yicha yozma xat-xabarli jo‘natmalari nazorat muddati 30 soat. 

Respublika ahamiyatidagi gazetalarni yetkazib berish muddatlari O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining 2001 yil 22 yanvardagi 29- sonli buyrug‘i 4-ilovasiga asosan tasdiqlangan.

Respublika gazetalari Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlariga yetkazish nazorat muddatlari 1 kun (gazeta chop etilgan kun);

Respublika gazetalari tuman markazlariga yetkazish nazorat muddati 1+1 kun (gazeta chop etilgan kun ertasiga);

Respublika gazetalari boshqa aholi yashash punktlariga yetkazish nazorat muddati 1+2 kun (gazeta chop etilgan kunning 3 kuniga).

Quyidagilar ichki va xalqaro pochta jo‘natmalarida yuborish taqiqlanadi:

- o‘q otadigan, signalli, pnevmatik, gazli qurollar, o‘q-dorilar, sovuq qurollar (jumladan irg‘iriladigan), elektroshok qurilmalari va uchqunli razryadniklar, shuningdek o‘q otish qurollarining asosiy qismlari;

- giyoxvand moddalar, psixotrop, kuchli ta’sir qiladigan, radioaktiv, portlovchi, zaharlovchi, o‘yuvchi, tez alangalanuvchi va boshqa xavfli moddalar;

- zaharli hayvonlar va o‘simliklar;

- O‘zbekiston Respublikasining pul belgilari va chet el valyutasi (Respublika Markaziy banki va uning muassasalari tomonidan yuboriladiganlaridan tashqari);

- sifati tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari;

- o‘z tavsifi yoki o‘rovi tufayli pochta xodimlariga xavf tug‘dirishi, boshqa pochta jo‘natmalari va pochta uskunalarini ifloslantirishi yoki buzishi (shikastlanishi) mumkin bo‘lgan narsalar va buyumlar.

Yozishmalar va pochta jo‘natmalari sirini saqlash maqsadida operator va provayderlarga(qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) quyidagilar taqiqlanadi:

jo‘natuvchining yoki adresatning qonuniy vakilidan boshqa uchinchi shaxsga pochta jo‘natmalari va foydalanuvchilarning manzillari haqidagi ma’lumotlarni oshkor etish;

pochta jo‘natmasini ochish yoki ochmasdan uning joylanmasiga doir ma’lumotlarni bilib olish;

pochta jo‘natmalarining joylanmasidan boshqa shaxsni xabardor qilish.

Shaharsozlik normalari va qoidalari 3.01.04-04 “Qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish. Asosiy holatlar” me’yoriy hujjatiga muvofiq ishlar bajariladi. Qurilgan ob’ektlar axoliga belgilangan sifatda taqdim etilishi maqsadida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, ShNK 3.01.04-04 “Qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish. Asosiy holatlar” me’yoriy hujjatiga muvofiq XYuSlar tomonidan taqdim etilgan ob’ektlar bo‘yicha komissiya tashkil etilib, ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar beriladi. Agarda kamchiliklar bo‘lsa, davlat qabul komissiyasi tomonidan ma’qullanmidi. 
Agarda telefon raqami nosoz yoki ishlamasa “1086” ta’mirlash bo‘limi hamda “O‘zbektelekom”AKning 244-34-43 murojaat uchun telefoniga qo‘ng‘iroq qilinib murojaat qilinadi. Agarda murojaatingiz belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmasa yoki qoniqtirmasa, Inspeksiyaning 237-01-11 “Ishonch telefoni xizmati”ga murojaat qilishingiz mumkin.