Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
muloqot facebook twitter Vkontakte

Mobil aloqa sohasida faoliyat ko’rsatib keleyotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda o’tkazilgan tekshirishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha qo’llanma

Mobil aloqa sohasida faoliyat ko'rsatib kelayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda o'tkazilgan tekshirishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha Qo'llanma 

Ushbu qo'llanmada sub'ektlar tomonidan aksariyat hollarda yo'l qo'yiladigan kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar hamda ularni bartaraf etish bo'yicha asosiy yo'nalishlar keltirilgan.

1.     Normativ-huquqiy hujjatlar 

Mobil aloqa sohasidagi litsenziatlar faoliyatlari litsenziya kelishuvi shartlari hamda O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Mobil aloqa litsenziatlar faoliyatlarini tartibga soluvchi asosiy me'yoriy-huquqiy hujjatlar quyida keltirilgan:

 

1.1.O'zbekiston Respublikasining “Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksi”.

 1.2.O'zbekiston Respublikasi Qonunlari

O'zbekiston Respublikasining:

- 1999 yil 20 avgustdagi Telekommunikatsiyalar to'g'risida”gi 822-I-son;

- 2003 yil 11 dekabrdagi “Axborotlashtirish to'g'risida”gi 560-II-son;

-2000 yil 25 maydagi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida”gi 71-II-son;

- 1998 yil 25 dekabrdagi “Radiochastota spektri to'g'risida”gi 725-I- son;

           1.3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari

            O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:

- 1998 yil 10 iyuldagi «Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O'zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o'rnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi to'g'risida»gi 293-son Qarori 7-ilovasi;

- 2000 yil 22 noyabrdagi “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi
458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to'g'risida Nizom”(2-ilova);

- 2005 yil 22 noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ huquqiy bazani takomillashtirish to'g'risida”gi 256-son;

- 2011 yil 28 apreldagi “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menedjementi tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 122-son qarori 1-ilovasi “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari ro'yxati”.

1.5.Me'yoriy hujjatlar: 

- O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2005 yil 7 dekabrda 1531-son bilan ro'yxatga olingan “O'zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalaridan foydalanishni tartibga solish to'g'risida”gi Nizom;

- O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2004 yil 30 noyabrda
1420-son bilan ro'yxatga olingan “O'zbekiston Respublikasida kabel va efir kabel televidenie to'g'risidagi vaqtinchalik Nizomi”;

- O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2009 yil 6 fevralda 1900-son bilan ro'yxatga olingan “Mobil xizmatlarini ko'rsatish Qoidalari”;

- RH 45-039:2014 “Mobil aloqa tarmoqlari. Xizmatlar sifati ko'rsatkichlari uchun belgilanadigan normalar va ularni o'lchov sinovidan o'tkazish metodikalari”;
- Y 039-95 “Instruktsiya po ekspluatatsii antenno-machtovx soorujeniy radioreleyny linii svyazi”

- O`z DSt 8.011:2004 “O'zbekiston Respublikasining o'lchashlar birligini ta'minlash davlat tizimi. O'lchash vositalarini metrologik attestatsiyalash, tashkil etish va o'tkazish taribi”; 

1.6.Shaharsozlik normalari va qoidalari

 - ShNK 3.01.04-04 “Qurilishi tugallangan ob'ektlarni foydalanishga qabul qilish. Asosiy holatlar”;

- ShNK 1.03.01-08 “Korxona bino va inshootlarini kapital qurilishida loyiha-hujjatlari tarkibi, ishlab chiqish, tasdiqlash va kelishish tartibi”;

- IKN 05:2013 “Qurilishi tugallangan telekommunikatsiya ob'ektlarini ekspluatatsiyaga qabul qilish qoidalari. Asosiy qoidalar”;

- IKN 18:2011 “Sotali mobil aloqa tarmoqlarini qurish va modernizatsiyalash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tarkibi, tartibi”;

- MKN 010:2007 “Umumiy foydalanishdagi mobil aloqa tarmoqlarining komplekslari”;

- IKN 07:2002 “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar qurilish (o'rnatish) ob'ektlarini foydalanishga qabul qilish tartibi to'g'risida yo'riqnoma”;

- RH 45-062:2012 “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha yo'riqnoma”.

 2.Tekshirishlar jarayonida aniqlangan, ko'plab uchraydigan kamchiliklar

        Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasi tomonidan mobil aloqa sohasida faoliyat ko'rsatib kelayotgan operator va provayderlarida o'tkazilgan tekshirishlar natijasi tahlil qilinganda, quyidagi bir qator kamchiliklarga yo'l qo'yilib kelinmoqda:

 2.1. Mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish, modernizatsiya qilish jarayonida sub'ektlar tomonidan texnologik loyihalash, qurish va qurilishi tugallangan ob'ektlarni foydalanishga qabul qilish qoida va normalarga amal qilinmaslik.

 Aksariyat operator va provayderlarda qurilishi tugallangan ob'ektlarni doimiy foydalanishga qabul qilish bo'yicha ishchi komissiyalari tuzilmagan hamda ob'ektlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari, loyiha-smeta hujjatlari, ishchi loyihalarning ekspertiza xulosalari mavjud emas.

1998 yil 1 yanvardan boshlab, ob'ektlarni loyiha hujjatlarsiz qurishga ruxsat etilmaydi.

Loyihalash uchun, korxonalarning direktiv hujjatlari, manzillar ro'yxati, buyruqlari va qarorlari asos bo'ladi. Ob'ektlarni qurish uchun esa o'rnatilgan tartibda tasdiqlangan, ijobiy ekspertiza xulosalariga ega bo'lgan loyiha-smeta hujjatlari asos bo'ladi.

Ekspert xulosalari vakolatli tashkilotlar tomonidan beriladi.

- RH 45-062:2012 “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha yo'riqnoma” i IKN 18:2011 “Sotali mobil aloqa tarmoqlarini qurish va modernizatsiyalash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tarkibi, tartibi” (tavsiya etilgan va majburiy) me'yoriy hujjatida, korxona tarmog'ini qurish, qayta qurish, kengaytirish ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va kelishish tartibi belgilab qo'yilgan hamda ob'ektlarni loyihalashda majburiy hisoblanadi.

Tasdiqlangan loyihaga muvofiq qurilgan, foydalanishga qabul qilishga tayyor ob'ektlar Buyurtmachi tomonidan ishchi yoki davlat qabul komissiyasiga taqdim etishi lozim.

Qabul komissiyaning dalolatnamasining tasdiqlangan sanasidan boshlab, ob'ekt foydalanishga qabul qilingan xisoblanadi.

Ob'ektlarni foydalanishga qabul qilish ShNK 3.01.04-04 “Qurilishi tugallangan ob'ektlarni foydalanishga qabul qilish. Asosiy qoidalar”, IKN 05-2013 “Qurilishi tugallangan telekommunikatsiya ob'ektlarini ekspluatatsiyaga qabul qilish qoidalari. Asosiy qoidalar” me'yoriy hujjatlari hamda boshqa qurilish normalari va qoidalari bilan tartibga solinadi.

 2.2. Yangidan o'rnatilgan hamda foydalanilayotgan qurilmalarda muvofiqlik sertifikatlarning mavjud emasligi.

    O'zbekiston Respublikasidagi telekommunikatsiya tarmoqlarida ishlatilayotgan telekommunikatsiya texnik vositalari, jumladan terminal qurilmalari belgilangan standartlarga, texnik shartlarga va qonunchilikda o'rnatilgan tartibda sertifikatlanishi lozim.

Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 24 apreldagi 122-son qarori bilan Sertifikatlanishi majburiy bo'lgan maxsulotlar turlari ro'yxati tasdiqlangan.

Muvofiqlik sertifikatlari sertifikatlashtirish organlari va akreditatsiyadan o'tgan organlar tomonidan beriladi.

O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi qoshida O'zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatsiya tizimidan akreditatsiyalangan Telekommunikatsiya texnik qurilmalarini sertifikatsiyalash organi (TTVSO) bo'lib, ushbu organ (O'zbekiston hududida tayyorlangan hamda chet davlatlardan olib kirilgan) telekommunikatsiya texnik qurilmalarini sertifikatsiyalash jarayonlarini olib borish va tashkilashtirish maqsadida tashkil etilgan.

        2.3. Texnik vositalarning parametrlari va xarakteristikalari o'zgarishi munosabati bilan litsenziya kelishuvi shartlariga qo'shimcha va o'zartirishlar kiritilmaslik.

 Litsenziya kelishuvida “mobil aloqa tarmoqlarida tarmog'ida foydalanilayotgan texnik vositalarning parametrlari va xarakteristikalarining o'zgarishi yuzasidan Litsenziar bilan kelishish lozim” talabni bajarish maqsadida Litsenziyalovchi organga o'zgarayotgan texnik vositalarning parametrlari va xarakteristikalarini ko'rsatgan holda o'rnatilgan tartibda ariza bilan murojaat qilishi lozim.

 2.4. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan o'rni (pochta manzili) o'zgarganda litsenziyani vaqtida qayta rasmiylashtirmaslik.

 Litsenziat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan o'rni (pochta manzili) o'zgargan hollarda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro'yxatdan o'tgandan so'ng bir hafta muddatda ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to'g'risida litsenziyalovchi organ (O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi)ga ariza bilan murojaat qilishi shart.

Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalovchi organ bo'lib, O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi hisoblanadi.

      2.5. Radioelektron vositalarni loyihalash, qurish, (o'rnatish) ishga tushirish, undan foydalanish tartibiga rioya etmaslik.

      Radioelektron vositalarni loyihalash va qurishdan oldin EMMMdan loyihalash, qurish uchun ruxsatnoma olish talab etiladi. REV qurilgandan so'ng, sinov ishlarini amalga oshirish uchun EMMMdan vaqtinchalik foydalanish uchun ruxsatnoma olinadi. Ushbu sinov davrida REVdan tijorat maqsadida foydalanish qat'iyan man etiladi. Shuningdek, EMMM tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomada keltirilgan parametrlaridan og'ishiga yo'l qo'ymaslik.

 2.6. Profilaktika ishlarini o'tkazmaslik, texnik vositalar parametrlarini o'lchash davriyligiga amal qilmaslik va o'lchov vositalarini davriy qiyoslashdan o'tkazmaslik.

     Aloqa tarmog'ini uzluksiz va barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida me'yoriy hujjatlarga muvofiq profilaktika ishlarini o'z vaqtida o'tkazilishi, radioelektron vositalarning belgilangan parametrlaridan og'ishini oldini olish maqsadida texnik vositalar parametrlarini o'lchash davriyligi amal qilinishi va o'lchash jarayonidan o'lchovlarning haqqoniyligini ta'minlash maqsadida o'lchov vositalarini davriy qiyoslashdan o'tkazilishi o'z navbatida huquqiy-me'yoriy hujjatlar talablarini buzilishini oldini olishiga va ko'rsatilayotgan xizmatlar bo'yicha murojaatlarning kamayishiga olib keladi.

 
3. Javobgarlik

  Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasi qonunchilikda o'rnatilgan tartibda moliyaviy sanktsiyalar undirish yoki ma'muriy jazoga tortish huquqiga ega.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasi organiga O'zbekiston Respublikasining “Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksining 151-moddasi birinchi qismida, 152-moddasi birinchi qismida, 153, 154, 156-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.

Moliyaviy sanktsiyalar O'zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo'jalik yurituvchi sub'ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati o'rnatish bo'yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasi tomonidan texnik parametrlar, texnik foydalanish qoidalari, pochta va telekommunikatsiyalar vositalari ishlarining va xizmat ko'rsatish sifati buzilganligi uchun ko'rsatkichlarning yagona tizimi bo'yicha hisoblanadi, tabiiy ofatlar yoki favqulodda vaziyatlar oqibatida paydo bo'lgan buzilishlar bundan mustasno. (VMning 2000 yil 14 avgustdagi 318-son qarori).

Shu bilan bir qatorda mobil aloqa sohasida faoliyat olib borayotgan sub'ektlar tomonidan belgilangan talablar buzilganligi uchun litsenziyalarining amal qilishini vaqtincha to'xtatish, tugatish va bekor qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasiga taklif kiritish huquqiga ega.

 Qo'llanmani yuklab olish