Languages

Toshkent metropoliteni: bepul Wi-Fi va elektron to‘lovlar

Uzbek

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish va keng targ'ib qilish maqsadida “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan sinov tariqasida metro bekatlarida bepul, tezligi 512 Kbit/s bo‘lgan Wi-Fi o‘rnatilgan (ichki resursida).

Hozirgi kunda “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlarida ushbu tizim samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur xizmatdan har qanday O‘zbekiston Respublikasining uyali aloqa operatorining abonentlari bo‘lgan yo‘lovchilar avtorizatsiyadan o‘tgandan keyin (SMS-kodi orqali) foydalanishi mumkin. Ayni paytda poytaxtimizdagi barcha metro bekatlarida Internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanishni kengaytirish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Yana bir e'tiborga molik jihat, sinov tariqasida “Bodomzor” va “Mustaqillik maydoni” bekatlarida joriy qilingan elektron to‘lovlar tizimi boshqa bekatlarda ham keng joriy qilinadi. Unda zamonaviy avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi, ya’ni NFC dasturini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaga ko‘ra, uyali aloqada mavjud bo‘lgan hisoblardan ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Axborot xizmati.

Inspeksiya yangiliklari

2019-yilning 18-aprel kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumanida O‘zbekiston Respublikasi...

Joriy yilning 17 aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanidagi Bolalar musiqa va san’at maktabi...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

Toshkentda 2019-yil 25-aprel kuni boshlangan “Toshkent huquq bahori” – “Tashkent Law Spring” Xalqaro...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi...

24-26 aprel kunlari Urganch shahrida “Central Asia – 2019: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet...

E'lonlar

26.04.2019 y. kuni tarmoqda rejadagi operatsion ishlar amalga oshirilishi sababli, soat 00:30...

26.04.2019-y. soat 00:00 dan 06:00 gacha avariya-tiklash ishlar o‘tkazilishi sababli, Toshkent va...

25.04.2019-y. soat 00:00 dan 06:00 gacha avariya-tiklash ishlari o‘tkazilishi sababli, Toshkent...