Languages

Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat organlariga tortilgan optik tolali aloqa liniyalari foydalanishga qabul qilindi.

Uzbek

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi “Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 262-son qarori va qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar” ro‘yxati va O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining tegishli buyrug‘iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspeksiyasi tomonidan qurilishi tugallangan aloqa obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasida ishtirok etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan qurilishi tugallangan aloqa obyektlarining hujjatlar to‘plami va obyektlar joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra “O‘zbektelekom” AK filialiga aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berildi. Filial tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi hududiy inspeksiya tomonidan nazoratga olindi.

Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri va tumanlarda joylashgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlarga tortilgan optik tolali aloqa liniyalari (jami 35 ta obyekt) foydalanishga qabul qilindi.

Inspeksiya yangiliklari

2019-yilning 18-aprel kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumanida O‘zbekiston Respublikasi...

Joriy yilning 17 aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanidagi Bolalar musiqa va san’at maktabi...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

Toshkentda 2019-yil 25-aprel kuni boshlangan “Toshkent huquq bahori” – “Tashkent Law Spring” Xalqaro...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi...

24-26 aprel kunlari Urganch shahrida “Central Asia – 2019: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet...

E'lonlar

26.04.2019 y. kuni tarmoqda rejadagi operatsion ishlar amalga oshirilishi sababli, soat 00:30...

26.04.2019-y. soat 00:00 dan 06:00 gacha avariya-tiklash ishlar o‘tkazilishi sababli, Toshkent va...

25.04.2019-y. soat 00:00 dan 06:00 gacha avariya-tiklash ishlari o‘tkazilishi sababli, Toshkent...