Languages

O‘zbekiston telefon tarmoqlarida 9 raqamli tizimga o‘tiladi

Toshkent shahar telefon tarmog‘ida 10-sentabrdan 30-sentabrgacha 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lum qildi.
Bugungi kunda mavjud telefon raqamini terishdan oldin “71” kodini terish kerak.

Misol:
Eski raqam – 278xxxx. Yangi raqam – 71 278xxxx
10—11-sentabr kunlari “Buzton”, “East telekom”, “Satkor telekom”, “Sharq telekom” operatorlar tarmog‘ida 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Telefon raqamini terishdan oldin “78” kodini terish kerak.

Misol:
Eski raqam – “Buzton” 120xxxx, yangi raqam — 78 120xxxx.
Shu muddatda mobil operatorlar tarmog‘ida ham 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Mobil telefon raqamini terishdan oldin uyali kompaniyaning kodini terish kerak.

Misol:
Beeline – Eski raqam 956xxxx – yangi raqam 90 956xxxx;
UMS – Eski raqam 426xxxx – yangi raqam 97 426xxxx;
Perfectum – Eski raqam 115xxxx – yangi raqam 98 115xxxx;
Uzmobile – Eski raqam 899xxxx – yangi raqam 99 899xxxx;
Ucell – Eski raqam 381xxxx – yangi raqam 93 381xxxx.

Manba daryo.uz

Uzbek

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Bugungi kunda yurtimizda korrupsiya, “mahalliychilik”, “urug‘-aymoqchilik”, poraxo‘rlik kabi illatlarga...

Soha yangiliklari

Qirg‘iziston iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha davlat xizmati Bishkek shahri byudjetiga...

Kiberjinoyatchilar Bolgariyada soliq yig‘imlari va ijtimoiy to‘lovlarni boshqaruvchi Daromadlar...

Applening iOS 13 operatsion tizimida har qanday insonga qurilmada qayd etilgan yozuvlar,...

E'lonlar

“Unitel” MChJ xabariga ko‘ra, 2019-yil 19-iyul kuni soat 00:00 dan 07:00 ga qadar (II bosqich),...

“Unitel” MChJning xabar berishicha, 2019-yil 18-iyul kuni soat 00:00 dan 07:00 ga qadar Nukus...

“Unitel” MChJ xabariga ko‘ra 2019-yil 14-iyun soat 00:00 dan 06:00ga qadar Samarqand viloyatidagi...