Languages

  • Eng
  • Рус
  • Uzb

Korrupsiyaga qarshi kurash dolzarb masala

Uzbek

Bugungi kunda yurtimizda korrupsiya, “mahalliychilik”, “urug‘-aymoqchilik”, poraxo‘rlik kabi illatlarga qarshi kurashish tobora dolzarb masala ekanligi takror va takror qayd etilmoqda. Darhaqiqat, jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligi, aholining yaxshi turmush sharoitlarida hayot kechirishini ta’minlashda korrupsiya illatiga qarshi kurashish Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining eng muhim hamda ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasida (Davlat inspeksiyasi) ham ushbu illatga qarshi kurashish, xodimlar o‘rtasida ushbu jamiyat muammosining ildizlarini tahlil qilish, yoshlarni vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida iyun oyida “O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy rivojlanish davrida korrupsiyaga qarshi kurash – Davlat organlari oldida turgan ustuvor vazifa” nomli mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi amalga oshirliyatgan kompleks chora-tadbirlar, korrupsiya holatlarini oldini olish va huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ishlar xususida Davlat inspeksiyasi va “Texnik ko‘maklashish markazi” mutaxassislari uchun videoselektor tarzida seminar  o‘tkazildi.

Yig‘ilishni Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Xamzin ochib berdi. So‘ngra Davlat inspeksiyasi Maxsus ishlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi V. Guseynov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 5729-son Farmoni va 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-son qarorining ahamiyati haqida Davlat inspeksiyasi va “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK xodimlariga ma’ruza qildi.

Yig‘ilish so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Nafs bandalari” va “Burchga xiyonat” hujjatli filmalari namoyish etildi.   

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Radiochastota  spektrini nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ “EMMM” DUKning Andijon viloyati...

Soha yangiliklari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

E'lonlar

2019 yil 23 oktyabr soat 02:00 dan 03:00 ga qadar “Unitel” MCHJ mobil aloqa operatori tomonidan SMS-...

2019 йил 10 октябр соат 00:00 дан 06:00 га қадар “Unitel” МЧЖ мобил алоқа оператори томонидан Фарғона шаҳрида транспорт тармоғини модернизация ва оптимизация...

“UMS” МЧЖ мобил алоқа оператори томонидан 2019 йил 09 октябрда соат 00:00 дан 06:00 га қадар маълумотларни пакетли узатиш тармоғида дастурий таъминотни янгилаш...