Languages

Iqtisodiy va ma’muriy ta’sir choralari

Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o’tkaziladigan tekshirishlar natijalari bo’yicha ko’riladigan ta’sir choralari

(qo’llaniladigan iqtisodiy va ma’muriy choralar).

 

  1. Ma’muriy choralar.

O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 263- moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasi organiga ushbu Kodeksning 151-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154, 156-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar taalluqlidir.

O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasi boshlig’i, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo’linmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo’llashga haqlidir.

151-modda. Ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o’rnatish va (yoki) undan foydalanish, shuningdek abonentlik qurilmasini elektr aloqa tarmoqlariga ulash

Quvvatidan qat’i nazar radiouzatkich shoxobchasini ruxsatsiz o’rnatish va (yoki) undan foydalanish, –

fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

152-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish

Radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o’rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o’rnatilgan parametrlariga rioya etmaslik, – fuqarolarga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

153-modda. Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat tarmoq standartlarini buzish

Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat tarmoq standartlarini, davlat aloqa tarmog’i bilan bog’lanadigan simli elektr aloqa vositalarining, radionurlanishlarining parametrlarini buzish, mansabdor shaxslarga

– eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

 

154-modda. Aloqa yo’llari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish

Aloqa yo’llari va inshootlarini, shuningdek aloqa yo’li va kabel inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish,

Fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa,

Fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – etti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

 

156-modda. Avtomat telefonlarni shikastlantirish

Avtomat telefonlarni shikastlantirish, –

eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

 

 

  1. Iqtisodiy choralar.

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 14 avgustdagi 318- son “Aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanktsiyalar (jarimalar) to’g’risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanktsiyalarni hisoblash” tartibining ikkinchi bandiga muvofiq “Moliyaviy sanktsiyalar Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasi tomonidan texnik parametrlar, texnik foydalanish qoidalari, pochta va telekommunikatsiyalar vositalari ishlarining va xizmat ko’rsatish sifati buzilganligi uchun ko’rsatkichlarning yagona tizimi bo’yicha hisoblanadi, tabiiy ofatlar yoki favqulodda vaziyatlar oqibatida paydo bo’lgan buzilishlar bundan mustasno.

Tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan iqtisodiy sanktsiyalar sud tartibida qo’llanadi, ular tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va iqtisodiy sanktsiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to’langan hollarda esa – O’zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasi tomonidan qo’llanadi.

Inspeksiya yangiliklari

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste'molchilarining...

Joriy yilning 23-avgust kuni Buxoro viloyati Jondor tuman hokimligining majlislar zalida O‘...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar...

E'lonlar

21.08.2019-yil soat 00:00 dan 06:00 gacha texnik ishlar olib borilishi sababli Termiz shahrida...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan 2019-yil 20 – 21-avgust kunlari soat 00:00...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan billing va tarmoq infratuzilmalarida...