Languages

IPChain blokcheyn-platformasi bazasida Rossiya intellektual mulk markazi tashkil qilinishi mumkin

Uzbek

Rossiya raqamli taraqqiyot, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning 6-mayida e’lon qilingan Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra hukumat va IPChain assotsiasiyasini Rossiya intellektual mulk markazining (RIMM) ta’sischilariga aylantirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda “Kommersant” nashri IPChain rahbari Andrey Krichevskiy ma’lumotiga asoslanib xabar berdi. Loyihaga ko‘ra, RIMM “Raqamli iqtisodiyot” milliy loyihasida intellektual mulk huquqlarini boshqarish doirasida raqamli platformani rivojlantiradi.

RIMM operatori bo‘ladigan ushbu platforma yordamida huquq egalari va har qanday foydalanuvchi intelektual mulk obyektlarining holatini ya’ni huquq egasi kimligini, mulk narxi belgilangan yoki belgilanmagani, sud bahslari bo‘lgan yoki bo‘lmagani va boshqa jihatlarni aniqlab olishi mumkin, deydi Andrey Krichevskiy. Platforma va markaz bilan mualliflik huquqlari sohasidagi tashkilotlar, Internet nashrlari assotsiasiyasi, “Soyuzmultfilm”, “Skolkovo” fondi va boshqalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Hamkor idoralar ham tashkil etilayotgan markazning ta’sischilari tarkibiga kiritilishi mumkin.

RIMMning bunday variantda tashkil etilishiga Rossiya raqamli taraqqiyot, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi Rospatent federal xizmati qarshi chiqmoqda. Idora Rossiya raqamli taraqqiyot, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar hamda Iqtisodiy taraqqiyot vazirliklariga RIMMning faoliyat olib borayotgan davlat organlari funksiyalarini takrorlashi, IPChain davlat va jamoatchilik tashkilotiga aylantirilishi esa bozordagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini xatlar orqali asoslab bergan. Shuningdek Butunrossiya ratsionalizatorlari va ixtirochilari jamiyati ham ushbu g‘oyaning amalga oshirilishiga rozi emas.

Rospatentga taqdim qilingan taklifda jamiyat o‘zi ta’sischi bo‘ladigan nodavlat avtonom tashkilotni tuzishni nazarda tutgan.

Ushbu reestr mualliflarga foydalanuvchilar va suiste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan maydonchalardan himoyalanishning qo‘shimcha mexanizmiga aylanishi mumkin, ammo buning uchun Fuqarolik kodeksiga internet-platformalari javobgarligini yanada oshirish bo‘yicha tuzatishlar kiritilishi lozim.

Manba: http://www.itsec.ru/

Inspeksiya yangiliklari

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste'molchilarining...

Joriy yilning 23-avgust kuni Buxoro viloyati Jondor tuman hokimligining majlislar zalida O‘...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar...

E'lonlar

21.08.2019-yil soat 00:00 dan 06:00 gacha texnik ishlar olib borilishi sababli Termiz shahrida...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan 2019-yil 20 – 21-avgust kunlari soat 00:00...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan billing va tarmoq infratuzilmalarida...