Languages

Har bir murojaat nazoratda

Uzbek

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Namangan viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan kelib tushgan murojaatlar o‘rnatilgan tartibda o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ularda ko‘tarilgan muammoli masalalar ijobiy hal qilib berilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati hududiy inspeksiyasiga 2019 yilning oktabr oyida 31 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlardan 28 tasi ishonch telefoni orqali va 3 tasi yuqori turuvchi organlardan kelib tushgan. Barcha murojaatlar qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, murojaat etuvchilarga javob xatlari yuborilgan.

Kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, murojaatlarning asosiy qismi telekommunikatsiya, mobil aloqa xizmatlari va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i orqali taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatsizligi yuzasidanligi aniqlangan.

Murojaatlar soni oshishining oldini olish maqsadida Namangan viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan sayyor qabullar, ochiq eshiklar kunlari tashkil etilib, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, davriy matbuot nashrlarini tarqatish, pochta va mobil aloqa sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli xatlar taqdim etilgan.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zkomnazoratning qurilishi tugallangan aloqa obyektlarini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi...

2019-yil 6-dekabr kuni O‘zkomnazorat Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi rahbari tomonidan...

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan joriy...

Soha yangiliklari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

E'lonlar

O‘zkomnazorat 2019-yil 12-dekabr kuni soat 00:00 dan 06:00 ga qadar “UMS” (“MobiUz”) MChJ mutaxassislari...

O‘zkomnazorat 2019-yil 11-dekabr kuni soat 00:00 dan 06:00 ga qadar “UMS” (“MobiUz”) MChJ mutaxassislari...

O‘zkomnazorat “Unitel” MChJ kompaniyasining Toshkent shahridagi kommutatsiya markazi modernizatsiya...