Languages

Guliston tumanidagi sayyor qabul

Uzbek

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Sirdaryo viloyati hududiy inspeksiyasi boshlig‘i F.Babayev boshchiligida 2019 yil davomida o‘tkaziladigan sayyor qabullar rejasiga muvofiq, Guliston tumanida pochta va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Sirdaryo filiali Guliston tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasi va “O‘zbektelekom” AK Sirdaryo filiali Guliston tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi rahbarlari ishtirokida 2019-yilning 22-may kuni tumandagi “Ahmad Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan mavjud muammolar, kamchilik va takliflari tinglandi hamda bir qator muammoli masalalar joyida bartaraf etildi. Iste’molchilarni qiziqtirgan barcha savollarga Davlat inspeksiyasining Sirdaryo viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari, shuningdek Guliston tumani hududida pochta va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’ul xodimlari tomonidan tegishli va to‘liq javoblar berildi.

Inspeksiya yangiliklari

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste'molchilarining...

Joriy yilning 23-avgust kuni Buxoro viloyati Jondor tuman hokimligining majlislar zalida O‘...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar...

E'lonlar

21.08.2019-yil soat 00:00 dan 06:00 gacha texnik ishlar olib borilishi sababli Termiz shahrida...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan 2019-yil 20 – 21-avgust kunlari soat 00:00...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan billing va tarmoq infratuzilmalarida...