Languages

FQB va Yevropa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari darknetdagi DeepDotWeb saytini yopdi

Uzbek

FQB, Yevropol, shuningdek, Germaniya, Isroil, Niderlandiya va Braziliya huquqni muhofaza qiluvchi organlari qo‘shma tezkor tadbir o‘tkazishi natijasida darknet yangiliklari va u yerdagi resurslar kataloglari haqidagi DeepDotWeb sayti yopildi. Darknetning o‘ziga xos “xaritasi” kunma-kun yangilab borilar va unda yangi ochilgan, yopilgan yoki manzili o‘zgargan resurslar, ekzit skame, savdo maydonlaridagi turli muammolar va boshqa ma’lumotlar berib borilardi.

Isroil mahalliy OAVning xabar berishicha DeepDotWebning ikkita operatori hibsga olingan. Shuningdek, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya va Braziliyada ham shunday hibsga olish holatlari kuzatilgan.

Tergov natijasida DeepDotWeb operatorlarining darknetning nolegal resurslaridga trafikni yo‘naltirishdan muayyan kommissiya mablag‘lari olgani aniqlandi. DeepDotWeb katalogida darknetdagi har qanday jinoiy faoliyat resursiga, xususan, qurol-yarog‘, giyohvand moddalar, Malware, o‘g‘irlangan maxfiy ma’lumotlar, pornografiya va boshqalar ochiq-oydin e’lon qilinardi. Huquq-tartibot idoralari sayt operatorlarining qancha miqdorda komissiya mablag‘lari olgani haqida aniq ma’lumot bermadi. Sayt administratsiyasi .onion- katalogidagi xavolalardan millionlab dollarlar ishlagan bo‘lishi mumkin.

DeepDotWeb faoliyatiga barham berilishi darknet-resurslariga qarshi keng miqyosdagi kurash ishlarining mantiqiy davomi bo‘ldi. Bundan avval marketpleysda: Wall Street Market va Valhalla (Silkkitie) faoliyati tugatilgandi.

Manba: http://www.itsec.ru

Inspeksiya yangiliklari

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste'molchilarining...

Joriy yilning 23-avgust kuni Buxoro viloyati Jondor tuman hokimligining majlislar zalida O‘...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Soha yangiliklari

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar...

E'lonlar

21.08.2019-yil soat 00:00 dan 06:00 gacha texnik ishlar olib borilishi sababli Termiz shahrida...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan 2019-yil 20 – 21-avgust kunlari soat 00:00...

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan billing va tarmoq infratuzilmalarida...