Languages

Firefox 66 audio va videoni avtomatik ko‘rsatish (eshittirishni) taqiqlaydi

Uzbek

Mozilla brauzerining statsionar qurilmalar va androidlarda 2019-yil 19-martdan ishga tushiriladigan Firefox 66 versiyasida ovozli ma’lumotni avtomatik ravishda eshittiradigan kontentga ta’qiq qo‘yadi. Ishlab chiquvchilarning yozishicha, ovozli kontent (ovozli audio yoki videoroliklar) saytlaridagi materiallar faqat API HTMLMediaElement orqali foydalanuvchining o‘zi audioni eshitishni istab Play ni bosgan taqdiridagina ishga tushishi mumkin.

Firefoxda ushbu mexanizm Chromedagiga nisbatan sodda va jiddiyroq ishlaydi. Chunki Google brauzeri evristika yordamida avtomatik eshittiradigan va ko‘rsatadigan saytlar hamda unday funksiyalarga ega bo‘lmagan boshqa saytlarni (masalan, Netflix va YouTube) aniqlaydi. Firefox bunday yo‘ldan bormadi, yuqorida sanalgan tipdagi barcha resurslarni andoza asosida va foydalanuvchining o‘zi istagan tartibda bloklaydi.

Agar ishlab chiquvchilar andoza bo‘yicha audioni o‘chirishni eslaridan chiqarishmasa ya’ni videorolikda ovozni o‘chirish rejimi yoqilgan bo‘lsa avtomatik eshittirish va ko‘rsatish butunlay bloklanmaydi.

Bundan tashqari, shu haftada Firefox 67 versiyasida mayning skriptlarini bloklovchi dasturlar, shuningdek, yopiq fingerprinting bilan kurashuvchi mexanizmlar paydo bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda ushbu bloklovchilarning interfeysi ustida bosh qotirishmoqda.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 672-F-son Farmoyishiga...

Joriy yilning 14-avgustida Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida O‘zbekiston Respublikasi...

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining...

Soha yangiliklari

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar...

NVIDIA kompaniyasi mutaxassislari Windows drayverlarida jami 5ta GeForce (430.60dan quyida bo‘lgan...

E'lonlar

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan billing va tarmoq infratuzilmalarida...

16.08.2019-yil kuni soat 00:30 dan 08:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Navoiy...

16.08.2019-y. soat 00:00 dan 05:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Qashqadaryo...