Languages

AQSH sohil qo‘riqlash xizmati kemalardan biriga kiberhujum uyushtirilganini xabar qildi

Uzbek

AQSh sohil qo‘riqlash xizmati kemalardan birining kompyuter tizimiga kiberhujum uyushtirilgani sababli kemalar egalaridan ularda tarmoq kiberxavfsizligini ta’minlashni so‘radi.

Ushbu hodisa 2019-yil fevral oyida yuz bergan va kemalardan biriga zararli dasturiy ta’minot vositasida kiberhujum uyushtirilgan, natijada “bort kompyuter tizimining ishlashida kamchiliklar kuzatilgan”. Garchi, kema boshqaruvining asosiy tizimlari xaker hujumidan zarar ko‘rmagan bo‘lsa-da transport egalarining bu borada xushyorlikni yo‘qotganliklarini ko‘rsatdi.

AQSh sohil qo‘riqlash xizmati, xakerlik hujumi aynan qaysi kemaga qanday dasturiy ta’minot vositasida amalga oshirilgani haqida ma’lumotlarni oshkor qilmagan.

Sohil qo‘riqlash xizmati bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida operatorlar va kemalar egalariga tarmoqlarini xakerlardan himoyalash maqsadida segmentlashni, bir necha xodimning bir hisob yuritish ma’lumotlaridan foydalanishiga chek qo‘yish, antivirus dasturlarini o‘rantib, ularni doimiy ravishda yangilab borish, muayyan foydalanuvchilarga administrator xizmatlaridan foydalanishni cheklash, tashqi ma’lumot tashuvchi qurilmalarni (USB-fleshka va boshqalar) kemaga ulash, patchlarni o‘rnatish va operatsion tizim va ilovalarni yuklashda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat...

Radiochastota  spektrini nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ “EMMM” DUKning Andijon viloyati...

Soha yangiliklari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va...

Davlat aloqa inspeksiyasi mualliflik va turdosh huquqlar buzilmasligi yo‘lida davlat organlari va...

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

E'lonlar

2019 yil 23 oktyabr soat 02:00 dan 03:00 ga qadar “Unitel” MCHJ mobil aloqa operatori tomonidan SMS-...

2019 йил 10 октябр соат 00:00 дан 06:00 га қадар “Unitel” МЧЖ мобил алоқа оператори томонидан Фарғона шаҳрида транспорт тармоғини модернизация ва оптимизация...

“UMS” МЧЖ мобил алоқа оператори томонидан 2019 йил 09 октябрда соат 00:00 дан 06:00 га қадар маълумотларни пакетли узатиш тармоғида дастурий таъминотни янгилаш...