Languages

  • Eng
  • Рус
  • Uzb

Abituriyentlar arizani masofali ravishda berishi mumkin

Uzbek

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi va “UZINFOCOM” yagona integratori hamkorligida abituriyentlarga oliy o‘quv yurtlariga Yagona interfaol davlat xizmatlari portali orqali onlayn tartibda ariza berish imkonini yaratuvchi yangi elektron xizmat sinovdan o‘tkazilmoqda (www.my.gov.uz).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi elektron xizmat abituriyentlar va ularning qarindoshlarining oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishni uzoq navbat kutishlarsiz, ularning vaqt va moliyaviy xarajatlarisiz amalga oshirish imkonini beradi. Bunda mamlakatning turli hududlarida yashovchi, Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish istagidagi abituriyentlar poytaxtga shaxsan hujjatlarni taqdim etish uchun kelishi kerak bo‘lmaydi. Buning uchun test sinovlariga kirish uchun ariza berishning qulay, tez va ishonchli mexanizmi yaratiladi.

Yangi elektron xizmat hujjat topshirishning an’anaviy usuliga nisbatan qator afzalliklarga ega. Xususan, abituriyentning shaxsiy ma’lumotlarini to‘ldirish avtomat tartibda muassasalararo o‘zaro elektron harakatni tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, abituriyentga bir vaqtning o‘zida uchta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoni beriladi. Buning uchun Yagona interfaol davlat xizmatlari portali tegishli ikkinchi va uchinchi oliy o‘quv yurtlari va o‘quv yo‘nalishini avtomatik tartibda tavsiya qiladi, bu oliy o‘quv yurti va o‘quv yo‘nalishini tanlashga sarflanadigan vaqtni qisqartiradi. Bundan tashqari, yoshlar test sinovlaridan o‘tish uchun joyni mustaqil ravishda tanlashi mumkin bo‘ladi.

Yagona interfaol davlat xizmatlari portalida interfaol xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish tegishli taomilni boshqaruvchi me’yoriy hujjat tasdiqlangandan so‘ng amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilgach, onlayn tartibda mamlakat oliy o‘quv yurtlariga kirishga hujjat topshirish uchun batafsil yo‘riqnoma chop etiladi, deyiladi O‘zA xabarida.

Inspeksiya yangiliklari

Joriy yilning 23-may kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida O‘zbekiston Respublikasi...

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining...

Joriy yilning 22 may kuni Namangan shahridagi “O’zbektelekom” AK Namangan filiali binosida O‘zbekiston...

Soha yangiliklari

“Роскомнадзор” axborot xizmati xabariga ko‘ra, idora yagona va asosiy davlat imtihonlari javoblarini nazorat-...

Xitoy hokimiyat organlari “Vikipediya” portali faoliyat yuritadigan barcha tillardagi veb-...

Rossiya raqamli taraqqiyot, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning...

E'lonlar

25.05.2019-yil soat 00:30 dan 08:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Kigeyli, Chimboy,...

“UMS” MChJning xabar berishicha, 2019-yil 23-may kuni soat 09:00dan 15:00ga qadar Samarqand viloyati...

“UMS” MChJning xabar berishicha, 2019-yil 17-may kuni soat 01:00dan 06:00ga qadar Yangiyo‘l shahrida...