Languages

  • Eng
  • Рус
  • Uzb

“Toshkent huquq bahori” – “Tashkent Law Spring” davom etmoqda

Uzbek

Toshkentda 2019-yil 25-aprel kuni boshlangan “Toshkent huquq bahori” – “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi o‘z ishini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va qator tashkilotlar hamkorligida AQShning xalqaro rivojlanish bo‘yicha agentligi (USAID), BMT Taraqqiyot dasturi, BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi (UNODC), “Hududiy muloqot” xalqaro tashkiloti, “Gazprombank” AJ va boshqa tashkilotlar homiyligida tashkil etilgan Xalqaro yuridik forumda dunyoning 40 mamlakatidan mingdan ziyod ekspertlar ishtirok etmoqda.

Ular orasida Koreya Respublikasi, Singapur, Rossiya, Afg‘oniston, Belarus, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Shri-Lanka davlatlarining adliya vazirliklari va qonunchilik tizimi, dunyoning yetakchi arbitraj markazlari rahbarlari ham bor.

“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida tashkil etilgan forumning birinchi ish kunida tantanali ochilish marosimidan so‘ng Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Eng yaxshi korporativ yuridik xizmat” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Mazkur tanlovda “LUKOIL Uzbekistan Operating Co” kompaniyasi yuridik xizmati birinchi o‘rinni egallab, 10 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Forum doirasida Advice.uz huquqiy axborot portali sinov tariqasida ishga tushirildi.

Forum kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar bo‘yicha ishtirokchilar sessiyalarga bo‘lingan holda o‘zaro fikr-mulohaza almashish imkoniga ega bo‘ldi. Jumladan, “Xalqaro arbitraj va sud muhokamasi”, “Sud ekspertizasi”, “Yuridik xizmatlar” kabi mavzularda o‘zaro fikr va tajriba almashildi. “Xalqaro reytinglar”, “Investitsiyalar: zamonaviy imkoniyatlarni jalb qilish”, “Davlat va xususiy sherikchilik borasidagi ilg‘or jahon tajribasi” kabi mavzularda muloqotlar tashkil etildi.

“Toshkent huquq bahori” - “Tashkent Law Spring”Xalqaro yuridik forumi ikkinchi ish kunida “Raqamli iqtisodiyot”, “Mediatsiya – nizolarni sudsiz hal qilish qarori”, “Davlat xizmati”, “Hukumat ochiqligi va shaffofligi”, “Yuridik ta’lim”, “Intellektual mulk” kabi mavzular muhokama qilinadi, deyiladi O‘zA xabarida.

Inspeksiya yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 672-F-son Farmoyishiga...

Joriy yilning 14-avgustida Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida O‘zbekiston Respublikasi...

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari iste’molchilarining...

Soha yangiliklari

Chexiya axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligi...

Honda Motor Company ga tegishli 134 million mahfiy ma’lumot ElasticSearch himoyalanmagan ma’lumotlar...

NVIDIA kompaniyasi mutaxassislari Windows drayverlarida jami 5ta GeForce (430.60dan quyida bo‘lgan...

E'lonlar

“UMS” MChJ xabariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari tomonidan billing va tarmoq infratuzilmalarida...

16.08.2019-yil kuni soat 00:30 dan 08:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Navoiy...

16.08.2019-y. soat 00:00 dan 05:00 gacha texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, Qashqadaryo...