Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Umarhodjaev Farhot Tilyamuratovich

Boshliq
Qabul kunlari

08.00-18.00 dushanba-juma kunlari

Telefon

(998 71) 234-41-18

Elektron pochta info@gis.uz

1960 yil 8 sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1983 yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini avtomatik elektraloqa muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati

1978–1987 yy. — Djurin nomidagi «SANIIRI» institutida lobarant

1978–1983 yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti talabasi

1983–1987 yy. — «Ranglimetalloelektroloyiha» davlat loyihalashtirish institutida muhandis, katta muhandis

1987–1997 yy. — «O‘rta Osiyo» temir yo‘llari Toshkent bo‘linmasi revizori, revizor instruktori,«O‘rta Osiyo» temir yo‘llari boshqarmasining Passajir tashish va moliya xizmatlari sektori revizor instruktori, Buxgalteriya hisobi va moliya reviziya sektori revizor instruktori va sektor boshlig‘i, «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi Reviziya bo‘limi revizori, inspektori

1997–2001 yy. — «Robita» kichik korxonasi direktor o‘rinbosari

2001–2001yy. — «ROBITA SERVIS» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktor o‘rinbosari

2001–2002 yy. — Davlat aloqa inspeksiyasi Pochta aloqasi bo‘limi 2- toifali muhandisi

2002–2004 yy. — Toshkent viloyati davlat aloqa inspeksiyasi boshlig‘i

2004–2005 yy. — «O‘zbektelekom"aksionerlik jamiyati «O‘zbektelekom Mobayl» filiali direktori

2005–2009 yy. — Davlat aloqa inspeksiyasi boshlig‘ining 1- o‘rinbosari

2009–2013 yy. — «O‘zbekiston pochtasi» ochiq aksionerlik jamiyati «Xalqaro pochtamt» filiali direktori

02.2013 y.-h.v. — Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i

  • Aloqa va axborotlashtirish sohasida nazorat ishlarini tashkil etishda davlat siyosatining yuritilishini ta’minlaydi;
  • mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i y nazar, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziya talablari va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibining bajarilishi yuzasidan nazorat ishlarini tashkillashtiradi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakali kadrlar bilan ta’minlanganlik, elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi yuzasidan ishlarni tashkil etadi;
  • telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarida o‘z vakolati doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ulardan davlat manfaatlari uchun ustuvor foydalanishni tashkil etadi;
  • respublika hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida telekommunikatsiyalar tarmoqlari, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etadi;
  • radioelektron vositalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o‘rnatish), O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish va radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini chet eldan olib kelish, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi;
  • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy jazo choralarini qo‘llaydi;
  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, ko‘rsatilayotgan pochta aloqasi va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati buzilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar belgilaydi, ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risida belgilangan tartibda yozma ko‘rsatmalar beradi;
  • Inspeksiya boshlig‘i Inspeksiyaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga shaxsan mas’uldir.

Ashurov Isomiddin Baxriddinovich

Boshliqning birinchi o'rinbosari
Qabul kunlari

08.00-18.00 dushanba-juma kunlari

Telefon

(998 71) 234-41-18

Elektron pochta info@gis.uz

1977 yil 17 yanvarda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 2002 yil Toshkent elektrotexnika aloqa instituti bakalavri, 2004 yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mobil aloqa tizimlari magistri,

2011 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini davlat va jamiyat qurilishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan

Mehnat faoliyati

1995–1998 yy. — Qarshi tumani Dezinfeksiya stansiyasida ishchi

1998–1998 yy. — «Meleoqurilish» tresti 41- mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnasi
2- darajali ishchisi

1998–2002 yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti talabasi

2002–2002 yy. — «Elektromagnit moslashuv markazi» Davlat unitar korxonasi Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 2- toifali muhandisi

2002–2005 yy. — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura talabasi

2003–2005yy. — «Elektromagnit moslashuv markazi» Davlat unitar korxonasi Texnik bo‘limi stajeri, 2- toifali muhandisi

2005–2008 yy. — Davlat aloqa inspeksiyasi Radioaloqa va teleradiodasturlarni tarqatish bo‘limi 1- toifali muhandisi

2008–2011 yy. — Davlat aloqa inspeksiyasi Telekommunikatsiyalar va radioaloqa bo‘limi boshlig‘i

2011–2012 yy. — Davlat aloqa inspeksiyasi Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie bo‘limi boshlig‘i

2013–2013 yy. — Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Mobil aloqa tizimlari monitoringi va radiochastotalardan
foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

2013 y. — h. v. — Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar, standartlar talablari, litsenziya shartlari bajarilishi va ularga rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar inspeksiyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • Inspeksiyaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi monitoringi, Davlat axborot tizimlari, resurslari va interaktiv davlat xizmatlari monitoringi, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, telekommunikatsiyalar sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida chora-tadbirlarni tashkillashtiradi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxonalar va tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini belgilangan tartibda nazorat qilish, monitoring olib borish va o‘rganish, ularning yakunlari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining joriy holatini o‘rganish ishlarini tashkil etadi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlarining mavjudligi va ulardan foydalanishning qulayligini nazorat qilishni tashkil etadi;
  • ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlari, ma’lumotlar uzatish va almashish, idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi holatini tahlil qilish va baholash ishlarini tashkil etadi;
  • Inspeksiya bo‘limlari, guruhlari va Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini nazorat qilish, monitoring olib borish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
  • Inspeksiyaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi monitoringi, Davlat axborot tizimlari, resurslari va interaktiv davlat xizmatlari monitoringi, Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari, Radioeshittirish va televidenie bo‘limlari, shuningdek Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari hududiy bo‘linmalarining faoliyatini bevosita muvofiqlashtiradi va amaliy yordam beradi.

Soatov Nurjov Bakirovich

Boshliq o'rinbosari
Qabul kunlari

08.00-18.00 dushanba-juma kunlarii

Telefon

(998 71) 234-41-18

Elektron pochta info@gis.uz

1970 yil 20 noyabrda Qashqadaryo viloyati, Dexkonobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 2001 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini aloqa sohasida menejment mutaxassisligi bo‘yicha, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan

Mehnat faoliyati

1988–1993 yy. — Qashqadaryo viloyati «Oq oltin» sovxozi chilangari

1993–1995 yy. — Dexqonobod tumani Boyqo‘rg‘on aloqa bo‘limi boshlig‘i

1995–1998 yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti talabasi

1998–2001 yy. — Toshkent viloyati Davlat aloqa inspeksiyasi inspektori

2001–2003 yy. — Davlat aloqa inspeksiyasi Pochta aloqasi bo‘limi 1-toifali muhandisi

2003–2004 yy. — Davlat aloqa inspeksiyasi Pochta aloqasi bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi

2004–2012 yy. — Davlat aloqa inspeksiyasi Pochta aloqasi bo‘limi boshlig‘i

2013–2013yy. — Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Pochta aloqasi va davriy matbuotni tarqatish bo‘limi boshlig‘i

12.2013 yy.h.v. — Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari

  • Mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, pochta aloqasi va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan nazoratning amalga oshirilishini tashkillashtiradi;
  • normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun hisoblangan sanksiyalar mikdorlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va haqqoniyligi hamda pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xizmatlar sifati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi;
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan rioya etilishi monitoringi va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshirilishini tashkil etadi;
  • pochta aloqasi xizmatlarining tashkil etilishi, pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining saqlanishini ta’minlanishi, pochta jo‘natmalarini qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi, topshirilish bo‘yicha talablarga rioya qilinishi va ularning nazorat muddatlarida o‘tishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirilishini tashkillashtiradi;
  • Inspeksiyaga belgilangan tartibda kelib tushgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi ishlab chiqilayotgan, qayta ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ko‘rib chiqilishini tashkil etadi;
  • respublika hududida joylashgan pochta aloqasi tarmoqlari va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari parametrlari va sifat ko‘rsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda monitoring va nazorat o‘tkazish ishlarini tashkillashtiradi;
  • yuridik va jismoniy shaxslarning pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari bo‘yicha murojaatlarini zarur hollarda joyiga chiqib hamda tegishli hujjatlarni o‘rgangan holda qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqilishini tashkillashtiradi;
  • Pochta aloqasi va davriy matbuotni tarqatish, Normativ hujjatlar bilan ishlash, Moddiy-texnika ta’minoti va avtotransport bo‘limlari, Ish yuritish guruhi, shuningdek Inspeksiyaning Andijon, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari hududiy bo‘linmalarining faoliyatini bevosita muvofiqlashtiradi va amaliy yordam beradi.

Vakant

Boshliq o'rinbosari
Qabul kunlari

10.00-12.00 har haftaning payshanba kunlari

Telefon

Elektron pochta info@gis.uz
  • Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, teleradioeshittirish, axborot tizimi tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi hamda favqulodda vaziyatlarda ulardan ustuvor foydalanishni tashkil etilishi bo‘yicha nazoratni tashkillashtiradi;
  • radiochastota spektridan foydalanishda, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik va texnologik nazoratni tashkil etadi;
  • radioxalaqitlarni, jumladan sanoat radioxalaqitlarni, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun teleradioeshittirish hamda ma’lumotlar uzatish vositalaridan g‘arazli foydalanishga barham berishni ta’minlash maqsadida radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi tarmoqlarida, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, radiochastota spektridan unumli foydalanish, aloqa ob’ektlari va korxonalarining qo‘riqlanishini ta’minlashda profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etadi;
  • telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi joriy etilishi bo‘yicha nazoratni tashkillashtiradi;
  • Inspeksiyada fuqaro muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha olib boriladigan ishlarni nazorat qiladi;
  • Inspeksiyaning Maxsus ishlar, Axborot xavfsizligi va Mobil aloqa tizimlari monitoringi va radiochastotalardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limlari, shuningdek Inspeksiyaning Toshkent shahar, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hududiy bo‘linmalarining faoliyatini bevosita muvofiqlashtiradi va amaliy yordam beradi.