Virtual qabulhona Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
facebook twitter Vkontakte

Viloyatingizni xaritada tanlang

q x n b q s s j s t t n f a

Toshkent shahar inspeksiyasi

            Quyidagilar ustidan davlat nazoratini olib borish:

  mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qatiy nazar, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-hukukiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziya talablari va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat xokimiyati organlarida maqsadli yo‘nalishlar va belgilangan normalarga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning holati;

  elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

 jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi;

 pochta va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati hamda iste’molchilarning hukuklarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida chora-tadbirlar ko‘rish;

  shahar hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarining, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi;

  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mobil aloqa tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, radiochastota spektridan foydalanishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilinishi;

  radioelektron vositalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o‘rnatish), shahar hududida foydalanish va radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini chet eldan olib kelish, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi.

Islamov Jamshid Nigmatdjanovich

Boshliq
Manzil

100200, Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi, 136 uy.

Telefon

(0-371) 230-69-90

Elektron pochta tashtown@gis.uz Ishonch telefoni

(0-371) 236-01-11

Qabul kunlari Seshanba, Juma : 15-00 dan 17-00 gacha