Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
muloqot facebook twitter Vkontakte

Viloyatingizni xaritada tanlang

q x n b q s s j s t t n f a

Qashqadaryo viloyati inspeksiyasi

Hududiy bo‘linmasining majburiyatlari

Quyidagilar ustidan davlat nazoratini olib borish:

mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qatiy nazar, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziya talablari va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat xokimiyati organlarida maqsadli yo‘nalishlar va belgilangan normalarga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning holati;

elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi;

pochta va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida chora-tadbirlar ko‘rish;

radioelektron vositalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o‘rnatish), viloyat hududida foydalanish va radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini chet eldan olib kelish, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi.

viloyat hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarining, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi;

mulkchilik shakllaridan qatiy nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan radiochastota spektridan foydalanish, mobil aloqa tizimlari va tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning belgilangan normalari va qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlari, radiochastota spektridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, aloqa va axborot texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va elektron raqamli imzolar sohasida qoida buzilishlari monitoringini olib borish, aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlikqiladi;

Qurbonov Akram Armanovich

Boshliq
Manzil

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik ko'chasi, 13-uy

Telefon

(0-375) 221-13-03

Elektron pochta karshi@gis.uz Ishonch telefoni

(0-375) 221-01-11