Fuqarolar murojaatlari Ishonch telefoni Tadbirkorlik
subektlariga
muloqot facebook twitter Vkontakte

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi monitoringi bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Zikriyaxodjayev Zokirjon Zafarovich
Telefon

230-69-88

Elektron pochta monitoringict@gis.uz
  • Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdеk aloqa, axborotlashtirish va tеlеkommunikatsiya tеxnologiyalari sohasi korxonalari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini bеlgilangan tartibda nazorat qilish, monitoring olib borish va o’rganish, ularning yakunlari bo’yicha tеgishli xulosalar tayyorlash;
  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari sohasidagi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qilish;
  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari infratuzilmasining joriy holatini o’rganish;
  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot rеsurslari va intеraktiv davlat xizmatlarining mavjudligi va ulardan foydalanishning qulayligini nazorat qilish;
  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlanganligini tahlil qilish;
  • elеktron raqamli imzolar kalitlarini ro’yxatga olish markazlari faoliyatini qonun hujjatlari talablari bajarilishi bo’yicha o’rganish.

Davlat axborot tizimlari, resurslari va interaktiv davlat xizmatlari monitoringi bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Baltayev Rustam Djaxangirovich
Telefon

230-69-87

Elektron pochta monitoringgir@gis.uz

Quyidagilar ustidan davlat nazoratini amalga oshirish:

  • davlat va xo’jalik boshqaruvi o’rganlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish samaradorligi, intеgrallashgan axborot tizimlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot rеsurslari intеgratsiyasi, shu jumladan intеraktiv davlat xizmatlarini ko’rsatish;
  • axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari sohasi bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida malakali kadrlar bilan ta'minlanganlik;
  • joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish samaradorligi, intеgrallashgan axborot tizimlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot rеsurslari intеgratsiyasi, shu jumladan intеraktiv davlat xizmatlarini ko’rsatish yuzasidan nazoratni amalga oshirish bo’yicha Inspеktsiyaning qoraqalpog’iston Rеspublikasi, viloyatlar va Toshkеnt shahar bo’linmalari ishlarini muvofiqlashtirish.

Ma'lumotlar uzatish tarmoqlari bo'limi

Bo'lim boshlig'i - G'aniyev Olimxo'ja Nabixo'jayevich
Telefon

230-69-89

Elektron pochta ict@gis.uz

Quyidagilar ustidan davlat nazoratini amalga oshirish:

  • mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek ma’lumotlar uzatish tarmoqlari tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar talablari, texnik reglamentlar, litsenziya talab va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi;
  • ma’lumotlar uzatish tarmoqlari sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘z vakolati doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi;
  • respublika hududida ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida foydalaniladigan, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi;
  • radioelektron vositalarning sotib olinishi (berilishi), loyihalashtirilishi, qurilishi (o‘rnatilishi), O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi va radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini chet ellardan keltirilishi, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanilishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi;
  • ma’lumotlar uzatish tarmoqlari sohasida xizmatlar sifati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarining haqqoniyligi hamda ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarni ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun hisoblangan sanksiyalar miqdorlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va haqqoniyligi;
  • ma’lumotlar uzatish bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya kelishuv shartlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari ishlarini muvofiqlashtirish.

Axborot xavfsizligi bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Abduazimov Saidaziz Saidolimovich
Telefon

230-69-73

Elektron pochta is@gis.uz
  • Elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • Inspeksiya ichki kompyuter tarmog‘i (intratarmog‘i) axborot xavfsizligini hamda amaldagi me’yorlarga muvofiqligini ta’minlash;
  • Teleradioeshittirish tarmoqlarida va axborot tizimlarida, ma’lumotlar uzatish, pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish va kelgusida rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha davlat siyosatini o‘tkazish hamda strategik ustuvorlikni amalga oshirish;
  • Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Axborot muhofazasi va axborot xavfsizligi sohasidagi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini tizimli o‘rganish, uni ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida joriy etish bo‘yicha taklif kiritish;
  • Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, teleradioeshittirish va axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, aloqa va axborotlashtirish tarmoqlarini muhofaza qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, shuningdek kelgusida axborot resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha texnik infrastrukturalarni rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish.

Telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Kasimova Dilobar Dadajanovna
Telefon

230-69-92

Elektron pochta telecom@gis.uz

Quyidagilar ustidan nazoratni amalga oshirish:

  • mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmat ko‘rsatuvchi, shuningdek telekommunikatsiyalar tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglament talablari, litsenziya kelishuv talablari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibining bajarilishi;
  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan telekommunikatsiyalar sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
  • respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida telekommunikatsiyalar tarmoqlarining texnik vositalar va tizimlar parametrlarining amaldagi normalarga muvofiqligi hamda telekommunikatsiya tarmoqlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalardan belgilangan tartibda foydalanishi;
  • mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash, qurish va foydalanish borasida amaldagi norma va qoidalarga rioya etilishi;
  • telekommunikatsiya qurilmalari va tizimlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olinishi (berilishi), loyihalashtirilishi, qurilishi (o‘rnatilishi), foydalanilishi va chet ellardan keltirilishi, telekommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanilishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi;
  • telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlar sifati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi hamda telekommunikatsiyalar sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun hisoblangan sanksiyalar miqdorlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va haqqoniyligi.

Radioeshittirish va televideniya bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Saidov Kozim Kasimovich
Telefon

230-69-86

Elektron pochta teleradio@gis.uz
  • Teleradiodasturlar (kabel, efir-kabel) xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek teleradiodasturlarni tarqatish tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziya talab va shartlari, radiochastota spektridan foydalanish hamda sertifikatlangan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi;
  • radioeshittirish va televidenie (kabel, efir-kabel) sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida chora-tadbirlarning amalga oshirilishi (choralar ko‘rilishi);
  • o‘z vakolati doirasida axborot bexatarligi ta’minlanishi hamda favqulodda vaziyatlarda davlat manfaatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda radioeshittirish va televidenie tarmoqlaridan ustuvor foydalanilishi;
  • respublika hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tarmoqlarning, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi ustidan nazorat qilish.

Mobil aloqa tizimlari monitoringi va radiochastotalardan foydalanishni nazorat qilish bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Avulov Kamolliddin Qurbonovich
Telefon

230-69-85

Elektron pochta radioaloqa@gis.uz

Quyidagilar ustidan davlat nazoratini amalga oshirish:

  • mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek mobil aloqa inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziya talab va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibini bajarilishi;
  • mobil aloqa sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirilishi (choralar ko‘rilishi);
  • respublika hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tarmoqlarning, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi;
  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mobil aloqa tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, radiochastota spektridan foydalanishning belgilangan norma va qoidalariga rioya qilinishi;
  • radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), ishlatish hamda chet ellardan olib kirish, telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanilishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi;
  • mobil aloqa sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun hisoblangan sanksiyalar miqdorlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va haqqoniyligi;
  • vakolatli organlar bilan birgalikda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radiochastota spektridan foydalanish holati.

Pochta aloqasi va davriy matbuotni tarqatish bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Nuritdinova Shaxnoza Taxirovna
Telefon

230-69-81

Elektron pochta post@gis.uz

Quyidagilar ustidan nazoratni amalga oshirish:

  • mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar pochta aloqasi va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziya talablari va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi;
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi;
  • o‘z vakolatlari doirasida pochta aloqasi va davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati hamda iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
  • o‘z vakolatlari doirasida qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda pochta aloqasi tarmoqlarida axborot xavfsizligini hamda favqulodda vaziyatlarda ulardan davlat manfaatlari uchun ustuvor foydalanishni ta’minlash;
  • pochta aloqasi va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda maqsadli yo‘nalishlar va belgilangan normalarga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning holati;
  • pochta aloqasi va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarining sifati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarining haqqoniyligi hamda pochta aloqasi va davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilgani uchun hisoblangan sanksiyalar miqdorining o‘z vaqtida to‘lanishi va haqqoniyligi;
  • pochta aloqasi va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratining sifatli amalga oshirilishi;
  • respublika hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida pochta aloqasi tarmoqlarining, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining amaldagi normalarga muvofiqligi.

Me'yoriy hujjatlar bilan ishlash bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Ganixodjayeva Ziyoda Xasanovna
Telefon

230-69-83

Elektron pochta normativ@gis.uz
  • Aloqa mahsulotlari sifatiga, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari vositalari, radioelektron vositalar radionurlanishlari va yuqori chastotali qurilmalar parametrlariga tegishli davlat va korxona standartlari, texnik shartlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, litsenziya kelishuvi shartlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va xulosalar berish;
  • aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazorati bo‘yicha sifat va samaradorlikni oshirish masalalari yuzasidan Inspeksiyaning lokal hujjatlarini ishlab chiqish;
  • normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, Inspeksiyaning lokal hujjatlarining elektron ma’lumotlar bazasini tashkil etish;
  • amaldagi qonun va normativ hujjatlar, standartlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan talablarning bajarilishi hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarini taqdim etish sifati yaxshilanishini ta’minlash bo‘yicha nazorat, o‘rganish va monitoringlarda ishtirok etish;
  • tuzilgan shartnomaga muvofiq soha normativ hujjatlarini ishlab chiqilishi va qayta ko‘rib chiqilishi yuzasidan pudratchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
  • Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalarini qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar bilan ta’minlash;
  • Vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, korxonalar, normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va korxona standartlarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish masalalari bo‘yicha markazlar bilan hamkorlik qilish hamda o‘rnatilgan tartibda soha normativ-huquqiy hujjatlari monitoringini o‘tkazishda ishtirok etish.

Maxsus ishlar bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Gayupov Aziz Abdullaevich
Telefon

230-69-75

Elektron pochta mahsus@gis.uz
  • Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining (kelgusida - Kengash) qarorlarini Inspektsiyaning bo’lim va hududiy bo’linmalariga etkazish hamda ijrosini nazorat qilish;
  • Inspektsiyaning bo’lim va hududiy bo’linmalari bilan birgalikda yillik tekshirishlar reja-jadvali loyihalarini ishlab chiqish va Kengash Ishchi organiga taqdim e’tish;
  •  tasdiqlangan reja-jadvallarga asosan Inspektsiya tomonidan o’tkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish;
  • Inspektsiyaning bo’lim va hududiy bo’linmalari tomonidan ho’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida profilaktika tadbirlarini o’tkazilishini nazorat qilish;
  • Inspektsiya va uning hududiy bo’linmalari tomonidan qo’llanilgan ma’muriy jazo choralari yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlilini olib borish;
  • ma’muriy jazo choralari yuzasidan ma’lumotlarni markazlashtirilgan hisobga olish bazasiga kiritish uchun O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga taqdim e’tish;
  • belgilangan muddatlarda o’tkazilgan tekshirishlar, amalga oshirilgan profilaktika tadbirlari, qo’llanilgan ma’muriy jazo choralari yuzasidan hisobotlarni Kengash Ishchi organi va O’zbekiston Respublikasi prokuraturasiga taqdim e’tish;
  • Inspektsiyada mahsus ishlarni amalga oshirish.

Yuridik bo'limi

Yurist - Eshqobilov G'anisher Olmurotovich
Telefon

230-69-68

Elektron pochta yurist@gis.uz

Inspeksiya xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish;

Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashish;

Inspeksiyaning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish;

sudlarda va boshqa idoralarda Inspeksiyaning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish.

Xodimlar bilan ishlash va malakasini oshirish bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Raximbaeva Sayora Kulabekovna
Telefon

230-69-76

Elektron pochta kadri@gis.uz
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuotni tarqatish va axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi mavjud bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish va yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘qitish uslublarini joriy etish asosida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida zamonaviy malaka oshirish tizimini yaratish;
  • kadrlar bilan ishlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish hamda huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga muvofiqlashtirish;
  • mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash rejasini shakllantirish;
  • “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablariga muvofiq yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yuqori darajasini va sifatini ta’minlovchi zamonaviy normativ-huquqiy, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
  • sohadagi yetakchi milliy va xorijiy kompaniyalarning rahbar va mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashish, shuningdek kadrlar zaxirasini tanlash hamda yaratish maqsadida xodimlarning amaliyot o‘tashini tashkillashtirish;
  • huquqiy, ilmiy-metodik, axborot va moddiy-texnik bazasini doimiy yangilash, rivojlantirish va takomillashtirish asosida Inspeksiyaning kadrlar zaxirasini yaratish va olib borish;
  • kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida masofadan o‘qitish tizimini shakllantirish va joriy etish;
  • malaka oshirish institutlari va o‘quv markazlari bilan kadrlar malakasini oshirish masalalari bo‘yicha rejalar ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek o‘qitish sifatiga, o‘tkaziladigan mashg‘ulotning sohaviy mavzudagi uslublariga doir o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
  • o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning davriyligi, sifatliligi va o‘qitish muddatlariga rioya qilinishi, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv dasturlari va rejalarni tuzilishi, shuningdek o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning samaradorligi bo‘yicha monitoring ishlarini olib borish;
  • korxonaning ichki resurslari hisobidan asosiy lavozimlarni tezlik bilan to‘ldirish maqsadida kadrlar zaxirasini yaratish;
  • Milliy talablardan kelib chiqqan holda o‘zaro hamkorlik asosida kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish.

Buxgalteriya

Bosh buxgalter - Bobolov Rustam Berdievich
Telefon

230-69-84

Elektron pochta buhgalt@gis.uz

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sahasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati hisobi va xisobotlarini O‘zbekiston Respublikasida budjet intizomi va g‘aznachilik ijrosiga doir qonun va me’yoriy xujjatlar hamda yo‘riqnomalar asosida amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish;

moliyaviy, iqtisodiy, soliq masalalari, buxgalterlik hisobi va hisobotlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishda ishtirok etish;

Inspeksiyaning mulkini tasdiqlangan me’yornoma va smetalarga muvofiq mavjudligi va harakati, materiallar, mehnat va moliyaviy zaxiralardan foydalanishi ustidan nazoratni ta’minlash;

xo‘jalik-moliyaviy faoliyatdagi salbiy holatlarni o‘z vaqtida oldini olish, ichki xo‘jalik zaxiralarini aniqlash va safarbar qilish;

Inspeksiyaning tezkor rahbarligi va boshqaruvi uchun zarur bo‘lgan to‘liq va ishonchli axborotni shakllantirish..

Moddiy-texnik ta'minot va avtotransport bo'limi

Bo'lim boshlig'i - Rustamov Ilhom Ubaydullaevich
Telefon

230-69-94

Elektron pochta avtoguruh@gis.uz
  • Avtotransport vositalarini o‘z vaqtida profilaktik ta’mirlash, zarur extiyot qismlar, detallar bilan ta’minlash, yoqilg‘i-moy maxsulotlarini sotib olish, taqsimlash va hisobga olish, texnik xizmatlar ko‘rsatishni o‘tkazish, Inspeksiya pul mablag‘laridan ajratiladigan fondlarga binoan, texnik ko‘rik o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash;
  • Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalarida mavjud bo‘lgan avtotransportlarning texnik holati va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish;
  • xaydovchilar tomonidan avtomobillarni ishlatish, yo‘l xarakati xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish, tegishli yo‘l-yo‘riqlar o‘tkazish;
  • Inspeksiya avtotransport vositalarini hamda ma’muriy binosini sug‘urta qilish ishlarini tashkil etish;
  • avtotransport vositalarini ish unumdorligini oshirish, takomillashtirish va maqsadga muvofiq foydalanish hamda transport xarajatlarini kamaytirish yuzasidan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • eksplutatsion materiallarni sarflashda o‘rnatilgan me’yorlarga rioya qilinishini ta’minlash;
  • binoda va unga biriktirilgan hududda ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga muvofiq xo‘jalik xizmatlari ko‘rsatishni amalga oshirish;
  • Inspeksiya bo‘limlari va hududiy bo‘linmalarini mebellar, xo‘jalik inventarlari, orgtexnikalar bilan ta’minlash, ularni butligini kuzatib borish va tegishli ta’mirlovni o‘z vaqtida o‘tkazilishini amalga oshirish;
  • konselyariya buyumlari, zarur xo‘jalik jihozlar va inventarlar bilan bo‘limlar va hududiy bo‘linmalarni ta’minlash;
  • bino xonalari, hududdagi avtotransport vositalarining turar joylarini va avtotransportlarni qo‘riqlash.